30
2. Kimeviy omillar: a) H
+
,OH
-
ionlari ta’siri odatda moddalarning
pH 4
dan past, 10 dan yuqori bo‘lganda oqsil denaturatsiyasi kuzatiladi:
a) organik erituvchilar (spirt, atseton, xloroform);
b) siydikchil va og‘ir metallar tuzlari ta’sirida;
c) xona haroratida oqsillar quritilganda ular denaturatsiyaga
uchraydi.
Denaturatsiya natijasida oqsil molekulasi dumaloq, koptoksimon
shakldan cho‘zilib ipsimon shaklga aylanadi va agregatsiyaga uchraydi.
Agregatlar o‘zaro birikib, katta agregatga aylanib cho‘kmaga tushadi.
Denaturatsiyalovchi omilning ta’siri to‘xtatilsa ba’zi
oqsillar qisman
yoki umuman o‘z tabiiy holatiga (nativ holatiga) qaytadi. Bunday holat
oqsilning
renaturatsiyasi
deyiladi.
Buni ribonukleaza oqsili misolida kuzatish mumkin.
Denaturatsiyadan keyin ma’lum vaqt o‘tishi bilan ribonukleaza fermenti
kislorod ta’sirida o‘zining boshlang‘ich faolligiga ega bo‘ladi
va bunda
disulfid bog‘lari o‘z holiga qaytadi. Oqsil denaturatsiyasining oldini
olish uchun fermentlarni ajratib olish va saqlash past temperaturada
olib boriladi (0
0
-4
0
C).
Oqsillarni denaturatsiyaga uchrashdan
saqlash uchun turli kimyoviy
moddalar qo‘llaniladi (oddiy shakar, glitserin, organik moddalar).
Dostları ilə paylaş: