33
b) Adsorbsion xromotografiya.
Bu usulda adsorbent sifatida faollashtirilgan ko‘mir va alyumin
oksidi ishlatiladi.
Adsorbent kolonkaga solinib, erituvchi quyiladi va
oqsil eritmasi qo‘shiladi, bunda oqsil adsorbent bilan birikadi. So‘ngra
oqsil fraksiyalari turli pH li bufer eritmalari yordamida ajratib olinadi.
Oqsillarni fraksiyalarga ajratishda taqsimlanuvchi xromatografiya
usulidan foydalaniladi. Taqsimlanish
xromatografiyasi adsorbsion
xromatografiyani turi bo‘lib, adsorbent sifatida xromatografiya qog‘ozi,
kraxmal, silikagel va boshqalar ishlatiladi.
d) Gel xromatografiyasi.
Bu usulda har xil gellar ishlatiladi, masalan: dekstrandan
tayyorlangan,
turli markadagi sefadekslar, dekstran – yuqori molekulali
glyukoza qoldiqlaridan tarkib topgan polimer moddadir,
uni ishqoriy
muhitda epixloridgidrin bilan reaksiyaga kiritilsa, gel hosil bo‘ladi.
Poliakrilamid gelini hosil qilish uchun suvda yaxshi eriydigan monomer
akrilamid olib bu funksional reagentlar ishtirokida polimerlashtiriladi.
Oqsillarni molekulalari katta
yoki kichikligiga qarab
gelxromatografiya kolonkasiga gel to‘ldirilib undan oqsillar aralashmasi
o‘tkazilsa avvalo, kichik molekulali oqsillar gel g‘ovaklari orqali, gel
zarrachasining ichiga kirib diffuziyalanadi.
Yirik molekulali oqsillar bu g‘ovakchadan o‘tolmaydi, ular
zarrachaning tashqarisida qoladi va eritma bilan kolonkadan oqib
chiqadi.
Dostları ilə paylaş: