Biokimyo pmd


-jadval Sut emizuvchilar jigarining kimyoviy tarkibi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

30-jadval
Sut emizuvchilar jigarining kimyoviy tarkibi
Tarkibiy qismlar Miqdori, % Tarkibiy qismlari Miqdori,%
Suv 70-75 Fosfolipidlar 1,5-2,0
Quruq modda 25-30 Xolesterin 0,3-0,5
Oqsil 12-24 Glikogen 2-8
Lipidlar 2-6 Temir 0,02
Triatsilglitse- 1,5-2,0
rollar
Jigarning quruq vazni umumiy og‘irligining yarmidan ko‘prog‘i
oqsillardan iborat. Uning taxminan 90%ni oqsillar tarkibida globulinlar
tashkil etadi. Ulardan keyin albuminlar, nukleoproteinlar va kollagenlar
uchraydi. Yuqorida ko‘rsatilgan oqsillardan tashqari jigar uchun xususiy
bo‘lgan xromoproteid va ferritinlar ham mavjud. U turli fermentlarga
juda boy bo‘lib ularning ko‘pchiligi faqatgina jigar uchun xos bo‘lgan
fermentlardir. Bu fermentlarga sistein va gistidin almashinuvini va fosfat
kislota ajralishini, glyukuron kislota efirlarning hosil bo‘lishi hamda
fermentlari misol bo‘la oladi. Jigarning umumiy vaznidan 5% glikogen
tashkil qiladi (jadval). Turli patologik holatlarda glikogenning miqdori
o‘zgaradi. Jigar yog‘larining tarkibida 1-2% neytral yog‘lar, 1,5-3%
fosfolipidlar, 0,3-0,5% miqdorida xolesterin bo‘ladi. Ozuqa
moddalardagi vitaminlar va mineral moddalar (Na, K, Ca, Fe, Zn, Cu,
Mn, As va boshqalar) jigarda zaxira holatida yig‘iladi. Jigar o‘zida
boradigan metabolik jarayonlarning turli-tumanligi bilan boshqa
a’zolardan farqlanadi.
Jigar quyidagi asosiy jarayonlarni amalga oshirishda qatnashadi:
1. Karbonsuvlar almashinuvida.
2. Oqsillar almashinuvida va ular almashinuvining oxirgi mahsuloti
bo‘lgan siydikchil sintezida.
3. Yog‘lar almashinuvida va ularning hazm bo‘lishida zarur omil
bo‘lgan o’t kislotalar sintezi va o‘t hosil qilishda.


384
4. Boshqa a’zolar uchun zarur bo‘lgan moddalar sintezida, ya’ni
glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida.
5. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo‘ladigan
va tashqi muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalarni
zararsizlantirishda.
6. Metabolizm natijasida hosil bo‘lgan ayrim moddalarni
(xolesterin, o‘t kislotalari, o‘t pigmentlari va boshqa moddalar) ichakka
ajratib turishda.
7. Qon aylanishini boshqarishda, ya’ni qopqa vena sistemasini
umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog‘lashda.
8. Qon yaratuvchi markaziy a’zo sifatida (embrionlarda).
9. Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin
ishlab chiqarish yo‘li bilan boshqarishda;
10. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishda;
11. Temirni tashuvchi transferrin va ferrintinlarni sintezi va boshqa
vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.
Jigarning tuzilishi va shakli jihatidan yetarli rivojlanmasligi undagi
fermentlar faolligining pasayishiga va metabolik jarayonlarning
o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat bola organizmida giperbilirubinemiya,
giperfenilalaninemiya, gipoproteinemiya, gipoprotrombinemiya,
gipoglikemiya va galaktozemiya kelib chiqishiga olib keladi. Aytib
o‘tilgan o‘zgarishlarning kelib chiqish mexanizmlarini keyingi
sahifalarda batafsil yoritib o‘tamiz.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin