385
Sitoxrom P-450ning bir qancha o‘xshash shakllari bo‘lib, ular
substratlarga monandligi, spesifikligi bilan farqlanadilar.
Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to‘r (EPT)da ro‘y
beradi. Jigarning bu faoliyatini o‘rganish Yaponiya olimlari T. Omuza
va S. Sato (1964) jigardan EPT ni ajratib olishga muyassar
bo‘lganlaridan so‘ng rivojlangan.
EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT
oqsil sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT
organizmga tushgan begona
moddalarni zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba’zi endogen
substratlar, xolesterin, o‘t
kislotalari, to‘yinmagan yog‘ kislotalar, steroid
gormonlar, prostaglandinlar).
Membrana yuzasiga ribosomalarning joylanishi EPTni kimyoviy
va fermentativ tarkibini deyarli o‘zgartirmaydi. Ammo,
donador
membrana maxsus funksiyaga ega bo‘lib, oqsil sintezi markaziga
aylanadi. Silliq EPT ning donador EPT dan asosiy farqi unda NADFH-
sitoxrom P-450-reduktaza fermenti faollikka ega bo‘lib, gidroksillash
reaksiyalarini amalga oshiradi. Mikrosomal
sistemasining asosiy
gidroksillash sistemasiga sitoxrom P-450 va NADFH-sitoxrom P-450-
reduktaza kiradi (T. Omuza, 1964; R. Estabook, 1971). Mikrosomalarda
gidroksillash reaksiyasi monooksigenaza fermentlari ishtirokida amalga
oshiriladi. Bu reaksiya sitoxrom R-450 ishtirokida
quyidagi bosqichlarda
boradi:
Dostları ilə paylaş: