Biokimyo pmd


Jigarning karbonsuvlar almashinuvida tutgan o‘rni



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

 Jigarning karbonsuvlar almashinuvida tutgan o‘rni
Karbonsuvlar almashinuvining asosiy jarayonlari jigarning
parenximatoz hujayralarida amalga oshadi. Ular karbonsuvlar
almashinuvini boshqarish va qondagi glyukoza miqdorini bir me’yorda
saqlashda ishtirok etadilar.
Ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushgan karbonsuvlarning
ortiqcha miqdori jigarda glikogenga aylanadi. Jigardagi glikogen sintezi
ATF energiyasini sarflash bilan boradi. Bolalar organizmiga sut tarkibida
kirgan galaktoza faqat jigarda glyukozaga aylanadi.Glyukozaning
glikogenga aylanishi jigardan tashqari mushaklarda ham amalga oshadi.
Shuning uchun glyukoza yuborish bilan jigarning glikogen sintezlash
qobiliyatini tekshirish aniq ma’lumot bermasligi mumkin. Bu holatda
galaktoza yuborish bilan jigarda glikogensintezini tekshirish
gepatotsitlar faoliyati haqida ko‘proq axborot beradi.
Chunki galaktoza faqat sog‘lom jigar hujayralaridagina glikogenga
aylanishi mumkin. Jigarda glikogen faqat monosaxaridlardangina emas,
balki karbonsuvlar almashinuvining oraliq mahsulotlari bo‘lgan sut
kislotasidan ham hosil bo‘ladi. Bu metabolitik yo‘l Kori yoki glyukoza
– laktat halqasi deb nomlanadi. Jigar hujayralari faoliyatining buzilishi
qonda sut kislotasining 20-40 mg% gacha oshib ketishiga olib keladi
(sog‘lom odamlarda 10-20 mg% ga teng). Sut kislotasidan glyukoza
glyukoneogenez bo’yicha hosil bo’ladi (106-rasm).
Glyukoneogenez deb uglevod bo‘lmagan moddalardan glyukoza
sinteziga aytiladi
.
Bu moddalarga sut kislotasidan tashqari aminokislotalar, yog‘
kislotalar va boshqa moddalar kiradi. Glyukoneogenez glikoliz qanday
yo‘l bilan borsa, shu yo‘lga teskari yo‘nalishda borib, ayrim qaytmas
reaksiyalari bilan undan farqlanadi:
1. Piruvatning fosfoyenolpiruvatga aylanishi, piruvatkarboksilaza
va fosfoyenolpiruvatdekarboksilaza fermentlari ishtirokida.


391
2. Fruktoza-1,6-difosfatni fruktoza-6-fosfatga aylanishida.
3. Glyukoza-6-fosfat glyukoza-6-fosfataza fermenti ta’sirida
H
3
PO
4
ni ajratib glyukoza hosil bo‘lishi bilan boradi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin