XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 263 -
iqtisodiyotining 13
orinida turadigan mamlakat
142
. Ushbu reyting kompaniya
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 1,875 mlrd. AQSh dollari
bashorat qilinmoqda
143
. Ispaniya 1995 yil 1 yanvarda Butunjahon Savdo
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
144
.
Ispaniya aralash kapitalistik rivojlangan iqtisodiyot.
Ispaniya iqtisodiyoti
Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Frantsiyadan keyin Yevropada beshinchi,
Yevro hududda esa to'rtinchi o'rinni egallaydi. 2016 yilda Ispaniya dunyoning
o'ninchi yirik eksportchisi va o'n oltinchi yirik importer bo'lgan. Ispaniyaning
geografik jihatdan
judayam qulay joylashganligi, (Pireney yarim orol) uning jahon
hamjamiyatida betakror tarixi, san‘ati, madaniyati, qishloq xo‘jaligi, sanoat va
turizmining rivojlanishi bilan ahamiyatlidir. Maydoni jihatdan ancha katta bo‘lgan
Ispaniya judayam qulay iqlimi tufayli barcha sektorlarida iqtisodiy o‘sishga
erishgan. Qadimdan tashqi savdoga alohida e‘tibor
qaratgan mamlakat
hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi va kemasozlik sohalarini yuksak darajada
taraqqiy etishiga erishdi.
Ispaniya jahon svilizatisyasida oltin harflar bilan bitilgan ulkan taraqqiyot,
mexanisatsiya, modrnizatsiya, diversifikatsiya, modefikatsiya,
innovatsiya va
sog‘lom yashash tarzi bilan dunyo taqdirini o‘zgartirgan yagona mamlakat
hisoblanadi. Chunki bu hudud jahon tarixida ―Tirik Jannat‖ nomi bilan qolgan Al-
Andalusiya, Kordobaga buyuk imperiya maskani hisoblanadi. Jahon globalizatsiyasi
aynan mana shu hududdan judayam yangi formatga ko‘tarilgan deb bemalol ayta
olamiz.
2012-2015 yillar mobaynida Global raqobatbardoshlik bo'yicha
hisobotda
Ispaniya Birinchi darajali infratuzilma bo'yicha dunyoda 10-o'rinni egalladi. Eng
yaxshi infratuzilmaga ega bo'lgan va Yaponiyadan yoki Qo'shma Shtatlar kabi
mamlakatlardan oldinda bo'lgan 5-Yevropa Ittifoqi mamlakati. Xususan, mamlakat
tezyurar temir yo'l sohasida dunyoning yetakchi ikkinchi tarmog'i (Xitoydan keyin)
va butun dunyoda ispan texnologiyalari bilan yuqori tezlikli loyihalarni amalga
142
http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo/oemdc/advec/weoworld/spa
143
http://statisticstimes.com/economy/countries-by-projected-gdp.php
144
https://www.wto.org/english/thewto_e/whatis_e/tif_e/org6_e.htm#collapseU