XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 264 - oshirib kelmoqda. Ispaniyaning Valensiya porti O'rta Yer dengizi havzasida eng
band bo'lgan dengiz porti, Yevropada 5-o'rinni egallagan va dunyodagi eng kuchli
30-o'rinni egallagan. Dunyoning eng kuchli 100 ta dengiz bandargohi reytingida
to'rtta Ispaniya porti mavjud; Natijada, Ispaniya ushbu reytingda yetakchi
mamlakatlar Yaponiya bilan bir qatorda turadi.
3.1.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi Bu hudud g‘arbdan Atlantika okeani, janubiy qismi esa strategik joy
hisoblangan Gibraltar bo‘g‘ozi va O‘rta yer dengizi orqali Suvaysh kanali hamda
Qizil dengiz shuningdek, Hind Okeani yo‘nalishlarida tashqi savdoga intilgan.
Asrimizning 710 yili Abbosiylar xalifaligi boshchiligida musulmonlar Marokash
orqali Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib mahalliy nemis qabilalarini shimolga quvib ushbu
hududda buyuk Saltanatni quradilar. Uning chegarasi Fransiyaning janubiy
qismlarini ham egallab oladi (Portugaliya hali tashkil etilmagan).Mahalliy aholi
islom olami yashash tarzidan hayratlanib katta jamoaga qo‘shila boshlaydi
145
.
Bosh qarorgohi Iroqda joylashgan (Bayt-ul Hikma, Kingdom of Wisdom) bu
saltanat endilikda dunyo bo‘ylab kengayib borayotgan islom nurini bir joyga
yig‘ilishiga olib keldi. Ya‘ni bilimli, olimu-fuzalolar, faylasuflar ham endilikda Iroq
orqali aynan Kordobaga tashrif buyurar yoki ilmiy-izlanishlari muhokama qilinar
edi. Aynan yurtdoshlarimizdam o‘nlan buyuk mutafakkir olimlar ishlari ham aynan
shu joyda butun Yevropaga tarqalgan (Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al
Farobiy qo‘l yozmalari Granada, Seviliya va Kordoba muzeylarida saqlanmoqda)
146
.
Kartografiya, tibbiyot, falakiyot, geodeziya, algebra, musiqa, mantiq va boshqa
fanlarning ilk betakror asoslari to‘liq formatda yozildi. Aynan, barcha grek
faylasuflari ilmiy qarashlariga izohlar yozildi. Ijod va tadqiqotlar arab tilida bo‘lgani
uchun uni Yevropa strategik markazi hisoblangan Vatikan lotin tiliga tarjima
qilishni buyuradi. Barcha ruxoniylar ham endilikda arab tilini o‘rgana boshlaydi.
145
George Galloway, Islamic expansion in Sspain, 17-bet 146
National geographic va BBC channel ilmiy ommabop ko’rsatuvlari asosida keltirilgan .