Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 264 - 
oshirib kelmoqda. Ispaniyaning Valensiya porti O'rta Yer dengizi havzasida eng 
band bo'lgan dengiz porti, Yevropada 5-o'rinni egallagan va dunyodagi eng kuchli 
30-o'rinni egallagan. Dunyoning eng kuchli 100 ta dengiz bandargohi reytingida 
to'rtta Ispaniya porti mavjud; Natijada, Ispaniya ushbu reytingda yetakchi 
mamlakatlar Yaponiya bilan bir qatorda turadi. 
3.1.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi
Bu hudud g‘arbdan Atlantika okeani, janubiy qismi esa strategik joy 
hisoblangan Gibraltar bo‘g‘ozi va O‘rta yer dengizi orqali Suvaysh kanali hamda 
Qizil dengiz shuningdek, Hind Okeani yo‘nalishlarida tashqi savdoga intilgan. 
Asrimizning 710 yili Abbosiylar xalifaligi boshchiligida musulmonlar Marokash 
orqali Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib mahalliy nemis qabilalarini shimolga quvib ushbu 
hududda buyuk Saltanatni quradilar. Uning chegarasi Fransiyaning janubiy 
qismlarini ham egallab oladi (Portugaliya hali tashkil etilmagan).Mahalliy aholi 
islom olami yashash tarzidan hayratlanib katta jamoaga qo‘shila boshlaydi
145
.
Bosh qarorgohi Iroqda joylashgan (Bayt-ul Hikma, Kingdom of Wisdom) bu 
saltanat endilikda dunyo bo‘ylab kengayib borayotgan islom nurini bir joyga 
yig‘ilishiga olib keldi. Ya‘ni bilimli, olimu-fuzalolar, faylasuflar ham endilikda Iroq 
orqali aynan Kordobaga tashrif buyurar yoki ilmiy-izlanishlari muhokama qilinar 
edi. Aynan yurtdoshlarimizdam o‘nlan buyuk mutafakkir olimlar ishlari ham aynan 
shu joyda butun Yevropaga tarqalgan (Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Beruniy, Al 
Farobiy qo‘l yozmalari Granada, Seviliya va Kordoba muzeylarida saqlanmoqda)
146

Kartografiya, tibbiyot, falakiyot, geodeziya, algebra, musiqa, mantiq va boshqa 
fanlarning ilk betakror asoslari to‘liq formatda yozildi. Aynan, barcha grek 
faylasuflari ilmiy qarashlariga izohlar yozildi. Ijod va tadqiqotlar arab tilida bo‘lgani 
uchun uni Yevropa strategik markazi hisoblangan Vatikan lotin tiliga tarjima 
qilishni buyuradi. Barcha ruxoniylar ham endilikda arab tilini o‘rgana boshlaydi.
145
George Galloway, Islamic expansion in Sspain, 17-bet
146
National geographic va BBC channel ilmiy ommabop ko’rsatuvlari asosida keltirilgan .



Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin