XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 265 - 1492 yilda Kastilliyalik Qirolicha Izabella va Ferdinant boshchiligidagi
hamda Angliya, Germaniya, Fransiyaning kuchlari yordamida barcha ilm ahli va
sahobalar tark mamlakatni etadilar. Shu bilan, asosiy kitob va qo‘lyozmalar g‘arb
olimlari qo‘liga o‘tib ketadi. Bu tarixiy dalillar Yevropa olimlari hamda BBC,
National Geographic TV kanallri orqali endilikda ommaga namoyon qilinmoqda.
Eng qiziqarlisi, musulmon olimlar Ispaniya hududi tark etishi bilan qayerdandir
Xristofor Kolumb paydo bo‘lib, Amerika qit‘asini kashf etadi. Qiziq! Aslida, bu Al-
Idrisiy nomli ilk buyuk musulmon go‘g‘rofiy olim tomonidan kashf qilingan xarita
asosida aniqlangan edi. Keyinchalik Portugaliyaning tashkil etilishi hamda Italiya,
asosiy uchtalik o‘rtasida dunyoning boshqa yeralri kashf qilina boshlandi.
(Magellan, Vasko Do Gama, Abel Tasman).
Ispaniya iqtisodiyoti XVIII asr oxirlarida sanoatlashtirishga kirishdi.19-asrda
sanoatlashish ancha kengayib sezilarli iqtisodiy o'sishga ershildi. Shu bilan birga,
mamlakatning
yirik
tarmoqlari
xususan,
to'qimachilik
mahsulotlari
ishlab
chiqaradigan Kataloniya va po'lat ishlab chiqarish sohalari bosim ostida qoldi.
Iqtisodiy o'sishning umumiy sur'ati G'arbiy Yevropaning yirik davlatlari, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Fransiya va hatto Italiya kabi davlatlarga nisbatan kam
rivojlanmoqda edi. Biroq, tashqi sharoitlarga katta bog'liqlik sifatida Ispaniya
iqtisodiy o'sishini Franco davri tugaganidan keyin iqtisodiy o'zgarishlarga erishdi.
G'arbiy dunyoda uzoq muddatli inflyatsiya va iqtisodiy noaniqliklarni boshlagan
1973 yildagi neft xuruji Ispaniya iqtisodiy o'sishini to'xtatdi. Frantsoning 1975
yildagi o'limi ortidan siyosiy beqarorlik kabi muammolarni keltirib chiqardi.
O'zgarishning eng aniq belgisi ishsizlikning juda yuqori darajasi edi. Ishsizlik
darajasi 1975 yilda 4 foizdan 1980 yilga kelib 11 foizga oshdi. 1985 yilda esa 20
foizdan ortiq ko‘rsatkich qayd etdi.
2008-2009 yillarda boshlangan global moliyaviy inqiroz yevro hududida
aynan, Ispaniyanig eng og'ir urush yillar davrini eslatdi. AQSh prezidenti tomonidan
taklif qilingan bu moliyaviy boshqotirma Ispaniyaning Atlantika sohillarida minglab
qurilishi tugamasdan qolgan uy-joylarini aholi qurbi ko‘tarolmas darajaga olib
kelishi bilan yakunlandi (Fannie Mae, Freddie Mac, NINA Loan). Ispaniyalik