XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 260 - 2.7.16. O’zbekiston Respublikasi bilan aloqalari O‘zbekiston Respublikasi bilan Italiya o‘rtasida
diplomatik aloqalar 1992-yil 24 mart kuni
o`rnatilgan
139
. O‗zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1996-yil iyun va 2000-yil noyabr oylarida
Italiyaga bo‗lgan rasmiy tashriflari o‗zbek-italiya aloqalariga zamin yaratdi. 1997-
yil may oyida Italiya Prezidenti O.Skalfaronining O‗zbekistonga javob tashrifi
uyushtirildi.Tashqi ishlar vazirliklari o‗rtasida doimiy muloqot olib borilmoqda.
2015-yil noyabr oyida Toshkentda Tashqi ishlar vazirlari darajasida siyosiy
maslahatlashuvlarning to‗rtinchi doirasi bo‗lib o‗tdi.2011-yildan O‗zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisida ―O‗zbekiston-Italiya‖ parlamentlararo hamkorlik
guruhi, Italiya parlamentining Deputatlar palatasida esa ―Italiya-O‗zbekiston‖
do‗stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
2012-yil iyun oyida O‗zbekisotn Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Italiya parlamentining Deputatlar palatasi o‗rtasida hamkorlik
Memorandumi imzolandi.
taliya Respublikasi parlamenti Deputatlar palatasining
atrof-muhitni muhofaza qilish va jamoat ishlari bo‗yicha komissiyasi raisi Agostino
Gilya rahbarligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida Xalqaro
hamkorlik markazida 15 iyun kuni O‗zbekiston va Italiya ishbilarmon doiralarining
biznes-forumi bo‗lib o‗tdi
140
.
O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir O‗zbekiston-Italiya savdo-iqtisodiy
va sarmoyaviy hamkorligini yanada kengaytirish masalalariga bag‗ishlandi.
Anjumanda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, yoqilg‗i-
energetika, sog‗liqni saqlash, bank-moliya, to‗qimachilik va yengil sanoat,
avtomobilsozlik, qurilish, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari,
139
http://geografiya.uz/bilasizmi/784-ozbekiston-respublikasi-bilan-diplomatik-aloqa-ornatgan-mamlak atlar- royxati.html 140 https://mfa.uz/uz/cooperation/countries/201/