Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 54 - 
Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda, 
14,1% AESlarda hosil qilinadi. 
2.1.5. Sanoat 
AQSh milliy daromadining 18.9 foizi sanoatda yaratilib ularning yarmi
korporatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. 20-asrning o'rtalaridan boshlab, xizmatlar 
sohasi (sog'liqni saqlash, o'yin-kulgi va moliya kabi) iqtisodiyotning boshqa 
sektorlariga qaraganda tezroq o'sdi. Shunga qaramay, 1960-yillardan boshlab 
sanoatda qayta ishlash hajmi qisqargan bo'lsada, unumdorlikning o'sishi ishlab 
chiqarishni, shu jumladan, qurilish sohasini YaIMning oltidan bir qismiga nisbatan 
doimiy ravishda barqaror o‘sishini saqlab qoldi. Iqtisodiy samaradorlikning salmog'i 
sanoatning turli sohalarida namoyon bo'la boshladi. Transport vositalarini ishlab 
chiqarish (jumladan, avtoulovlar, samolyotlar, kosmik uskunalari) yetakchi 
tarmoqni tashkil eta boshladi.
Kompyuter va telekommunikatsiya kompaniyalari (dasturiy ta'minot va 
apparatlarni o'z ichiga olgan holda) 21-asrning boshlaridagi eng tez rivojlangan 
sohaga aylana boshladi Ayniqsa Apple va Microsoft keyinchalik esa Intel, Bell, Dell 
hamda Cisco Engineering kabi Transmilliy kompaniyalar mamalkatning haqiqiy 
rivojlanish 
tarraqqiyotini 
belgilab 
berdi. 
Boshqa 
muhim 
sohalarga 
esa
biotexnologiya, sog'liqni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar, 
elektrotexnika, energiya manbalari, havo kemalari, robotlar, informatsion dasturlar, 
harbiy texnikalar, kemasozlik, og‘ir texnikalar, qurilish texnika va texnologiyalar 
sohalari kiradi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft 
kimyosi, atom va energetika sanoati g‘oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda. 


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin