XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 54 - Elektr energiyaning 74% issiqlik elektr stansiyalarida, 12,1 % GESlarda,
14,1% AESlarda hosil qilinadi.
2.1.5. Sanoat AQSh milliy daromadining 18.9 foizi sanoatda yaratilib ularning yarmi
korporatsiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi. 20-asrning o'rtalaridan boshlab, xizmatlar
sohasi (sog'liqni saqlash, o'yin-kulgi va moliya kabi) iqtisodiyotning boshqa
sektorlariga qaraganda tezroq o'sdi. Shunga qaramay, 1960-yillardan boshlab
sanoatda qayta ishlash hajmi qisqargan bo'lsada, unumdorlikning o'sishi ishlab
chiqarishni, shu jumladan, qurilish sohasini YaIMning oltidan bir qismiga nisbatan
doimiy ravishda barqaror o‘sishini saqlab qoldi. Iqtisodiy samaradorlikning salmog'i
sanoatning turli sohalarida namoyon bo'la boshladi. Transport vositalarini ishlab
chiqarish (jumladan, avtoulovlar, samolyotlar, kosmik uskunalari) yetakchi
tarmoqni tashkil eta boshladi.
Kompyuter va telekommunikatsiya kompaniyalari (dasturiy ta'minot va
apparatlarni o'z ichiga olgan holda) 21-asrning boshlaridagi eng tez rivojlangan
sohaga aylana boshladi Ayniqsa Apple va Microsoft keyinchalik esa Intel, Bell, Dell
hamda Cisco Engineering kabi Transmilliy kompaniyalar mamalkatning haqiqiy
rivojlanish
tarraqqiyotini
belgilab
berdi.
Boshqa
muhim
sohalarga
esa
biotexnologiya, sog'liqni saqlash, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar,
elektrotexnika, energiya manbalari, havo kemalari, robotlar, informatsion dasturlar,
harbiy texnikalar, kemasozlik, og‘ir texnikalar, qurilish texnika va texnologiyalar
sohalari kiradi. Avia-raketa-kosmik, energomashinasozlik, elektron, shuningdek neft
kimyosi, atom va energetika sanoati g‘oyat tez suratlar bilan taraqqiy etmoqda.