XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 49 - qonuniga kiritilgan. Bu esa AQSh tarixidagi eng katta o‘g;irlik deb muhirlangan.
1913 yilgi moliaviy inqirozdan so‘ng J.P. Morgan tomonidan bosti-bosti qilingan
ushu ―qahramonlik‖ mamlakat tarixida oltin davrni boshlab berdi.
Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari davrida mamlakat asosan har ikki
tomonga harbiy texnikalar uchun yonil‘g‘i, qurol aslaha, oziq ovqat, kiyim-kechak,
transport vositalari, dori-darmon, aloqa vositalari, qimmatbaho ma‘lumotlar hamda
juda katta miqdorda moliyaviy mablag‘lar hisobiga milliy iqtisodiyotini butunlay
yangicha taraqqiy etgan mamlakatga aylantirdi (J.F.Kennedi, Richard Nikson).
Birinchi Jahon urushidan so‘ng AQSh jahon xaritasi bo‘ylab o‘zinig yanada
yangi ittifoqdoshlari va mustamlakalarini ko‘paytirishni davom ettridi. (1912 yilda 1
GBP 12 USDga teng bo‘lgan). Ikkinchi Jahon urushi davrida sobiq Ittifoq bilan bir
tomoda bo\lgan AQSh 1945 yilda Yaponiyaga tashlangan ikkita atom bombasidan
keyin jahon hamjamiyatida mamlakat uchun yangi rivojlanish va kengayish davri
boshlandi. 1950 yillarda Buyuk Britaniyani quvib o‘tgan AQSh endiikda Yevropa
mamlakatlarida o‘z kapital va texnologiyalarin joylashtira boshladi. Sovuq urush
yillarida ham mamlakat iqtisodiy jihatdan ulkan kengayuvchan bozorlarga ega bo‘la
boshladi. Ikkinchi jahon urushidan boshlab petrodollar tizimi oriy qilindi va bir
necha davlat uni rasmiy valyutasi sifatida ishlatmoqdi. Ko'pgina boshqa
mamlakatlar bu de facto valyuta deb hisoblamoqda.
BMTning 29.5 foiz byudjetini ta‘minlab beruvchi (2017) bu gigant
iqtisosdiyot endilikda o‘z ilm-fan taraqqiyotini rivojlantirishni yangi darajasiga
chiqdi. Suv ostida, quruqlikda, havoda hatto kosmosda dominant bo‘lgan bu
mamlakat strategik rejalashtirish, samarali muvofiqlashtirilgan hisob-kitoblar, ko‘p
variantli modellashtirishlar va uzoqni ko‘ra bilish kabi murakkab xususiyatli
taktikalr hisobiga muvoffaqiyatlarga erishmoqda. Hozirda AQSh dunyodagi sanoat
ishlab chiqarishning qariyb 18 foizini tashkil qiladi.
AQSh iqtisodiyoti 2008 yilda dunyo moliyaviy bozorlarida ipoteka inqirozi
va dollar qiymatining pasayishi boshlangan muammoga yuz tutdi (American Dream,
NINA Loan, Freddy Mac, Fannie May). 2008 yilda AQSH prezidenti Barak Obama