XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 44 - marketing fani tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlardagi noaniqlikni pasaytirishga
qodir bo‘lgan qodir bo‘lgan texnika va usullarni yanada chuqur o‘rganishga harakat
qilmoqda.
Globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining ta‘siri yuqori sur‘atlarda
o‘sa boshladi. Korporativ axborot tizimlari maxsus toifalari, masalan ERP yoki
Workflow ning rivojlanishi ichki ziddiyatlarni pasaytirishga qaratiladi. Aftidan E-
business texnologiyalarining rivojlanishi tashqi ziddiyatlarni pasaytirishning yangi
vositalarini izlashga bo‘lgan intilish natijasi hisoblanadi.
Shu jihatdan olib qaraganda, globallashuv – bu gigant tizimlari darajasida
tranzaksion xarajatlarni pasaytirish tendentsiyasidan boshqa narsamas. Birinchidan,
kapitalni samarali boshqarishga bo‘lgan intilish oxir-oqibatda global markaziy bank
ko‘rinishidagi muvofiqlashtiruvchi organni yaratish zaruriyatiga olib keladi. Bu
rolga eng yuqori imkoniyatlarga ega bo‘lga yagona da‘vogar AQSH Federal Rezerv
Tizimi bo‘lishi mumkin. Bu haqiqat bo‘lsa iqtisodiy jihatdan ko‘plab ta‘siri yuqori
bo‘lgan mamlakatlarning siyosiy elitalariga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan ko‘rinib
turganidek, raqobat yana transmilliy korporatsiyalar doirasida emas balki,
mamlakatlar doirasida kechadi. Aynan, mamlakatlar yuqorida aytib o‘tilgan
ustunliklarni ta‘minlashlari zarur bo‘ladi.
Nazorat savollari 1.Globalistika deganda nimani tushunasiz?
2. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy global muammolarni sanab o‘ting?
3.Aholi
o‘sishi
muammosining
xorijiy
mamlakatlar
iqtisodiyotiga
ko‘rsatadigan ta‘sirini baholang?
4. Ekologik muammolar xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotiga qanday ta‘sir
ko‘rsatadi?
5.Tabiiy
resurslar
muammosining
xorijiy
mamlakatlar
iqtisodiyotiga
ko‘rsatadigan ta‘sirini tasvirlab bering?
6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlariga yangicha yondashuvni
tavsiflab bering?