XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 48 - XX asrning boshida sanoatda nodernizatsiyalar va mavjud innovatsiyalarni
takomillashtirish amerikalik iste'molchilar o'rtasida turmush darajasini yaxshilash
uchun eshiklarni ochdi. Yirik kompaniyalar mamlakatdagi erkinlashtirilgan
iqtisodiy siyosatdan samarali foydalangan holda shtatlar bo‘ylab o‘zlarining mehnat
taqsimotlari bo‘yicha ixtisoslasha boshladilar.Ayniqsa, neftni qidirish, qazib olish,
qayta ishlash, undan tayyor mahsulot olish, uni eksport qilish AQSh uchun eng katta
tadbirkorlik manbasiga aylana boshladi. Shuningdek, elektr energiya manbalarini
zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirib borish, oddiy uy xo‘jaligidagi
lampochkadan juda katta kuchlanishli elektr energiyasiga erishish orqali sanoatni
rivojlantirish modeli ham aynan ushbu mamlakat milliy evolyutsion tajribasi
hisoblanadi, 1 mln.Volt (Edison va Nikola tesla, oddiy va o‘zgarubchan tok). Ushbu
sohalardagi monopolistik siyosatlar mamlakatdagi boshqa tadbirkorlarni ancha
sarosimaga solib qo‘yar edi. Chunki, ular ham endilikda ilmiy izlanishlar orqali
tajribalar o‘tkazib sanoay uchun juda zarur bo‘lgan innovatsiyalarni patentlab
amaliyitga joriy qilishga majbur bo‘la boshladilar. Milliy iqtisodiyotda qo'rquvni
ko'tarilib, ishlab chiqarishning pasayishiga olib keldi. Biroq, raqobatga chiday
olmagan kompaniyalarning aksariyati narxlarni pasaytirib aksariyati zarar ko‘ra
boshladi. Sanoatning yanada liberallashtirilishi hamda diversifikatsiya qilinishi
yangi ish o‘rinlarini yatailishi va dunyoning boshqa mintaqalaridan ilmiy-texnikaviy
yangilik egalarini mamlakatga ko‘chib o‘tishi hamda hukumatning tadbirkorlarni
qo‘llab-quvvatlovchi milliy qonunchiliklari hisobiga AQShni dunyoning eng ilg‘or
kapital eksport qiluvchisi aylantirdi.
1910 yil noyabr oyining oxirida Senator Nelson Uilyam Aldrich va AQSh
Xazina Departamenti kotibi A. Piatt Endryu hamda mamlakatning yetakchi
moliyachilaridan besh nafari (Frank Vanderlip, Genri P. Davison, Benjamin Strong
va Pol Warburg) Jekill orolining klublari pul-kredit siyosati va bank tizimini
muhokama qilishdi. Ular ushbu uchrashuv davomida Federal Rezerv Tizimini
xufiyona yaratdilar. Atlanta Federal Rezerv Bankiga ko'ra, 1910 yilgi Jekyll
orolining uchrashuvi AQSh markaziy bankini tuzish uchun qonun loyihasi bilan
yakunlandi. Ushbu qoralama qismlari (Aldrich rejasi) 1913 yilgi federal zaxira