XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 47 - butun dunyo bo‘ylab xalqaro savdo aloqalarining hamda jahon valyuta-kredit
munosabatlarini eng asosiy valyutasi hsioblanadigan AQSh dollarini tashkil etuvchi
qog‘oz pullarni pechat qilish shuningdek, metal tangalarni zarb qiladigan muassasa
hisoblanadi. Ushbu valyuta xalqaro tranzaktsiyalarda eng ko'p foydalaniladigan
valyutadir. AQSh o'zining ilm-fan va texnologiyalari, harbiy kuchlari, xalqaro tashqi
kapital migratsiyasiga judda katta e‘tibor qaratadi, AQSh hukumati tashqi qarzlarini
to'lash uchun to'la ishonchli, dunyo miqyosida istalgan xalqaro institutlar faoliyatini
qo'llab-quvvatlovchi dunyodagi eng katta valyuta zaxirasiga ega mamlakat
hisoblanadi. Mamlakatda BMT, Jahon Banki, Xalqaro Valyuta Fondi va boshqa
o‘nlab xalqaro nufuzu juda yuqori bo‘lgan tashkilotlar joylashgan. Eng yaqin
ittifoqchi mamlakatlardan Saudiya Arabiston, Birlashgan Qirollik, Kanada,
Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Isroil, Janubiy Koreya, Turkiya, Avstraliya va
boshqa mamlakatlar kiradi.
2.1.2. Iqtisodiy rivojlanish tarixi AQSh iqtisodiy rivojlanish tarixi 17 va 18 asrlarda aholining jamoa
xo‘jaliklarga tayanib ish boshlashi bilan boshlandi. Amerika mustamlakalari kichik
mustaqil qishloq xo'jaligi iqtisodiyotidan voz kechib, 1776 yilda Amerika Qo'shma
Shtatlari deb nomlangan ko‘p tarmoqli bir butun mamlakat iqtisodiyotiga aylandi.
180 yil ichida AQSh jahon iqtisodiyotining beshdan bir qismini tashkil etuvchi
ulkan, integratsiyalangan, sanoatlashgan iqtisodiyotga aylandi. Natijada, AQSh
aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot shuningdek, iqtisodiy
jihatdan ancha ilgarilab ketgan boshqa davlatlar bilan raqobatlashib ularni ortda
qoldirdi(Buyuk Britaniya). Milliy iqtisodiyot butun dunyo bo'ylab millionlab
muhojirlarni qiladigan yuqori ish haqini to‘lanadigan mamlakatga aylana boshladi.
Ayniqsa, dengiz portlari orqali ilk migratsiya butun dunyo bo‘ylab arzon ish kuchi
(Hindiston, Afrika mamlakatlari, Lotin Amerikasi va Janubi sharqiy Osiyo) tashrif
buyura boshladi
5
.
5
https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/us.html