XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 43 -
1.4.3. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlariga yangicha yondashuv
Iqtisodiy adabiyotda globallashuvning ko‘plab turli – tuman ta‘riflari mavjud.
Bizning
fikrimizcha, ular bir – biriga qarama – qarshi bo‘lmasdan, yana ham
aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, ular bir – birini to‘ldiradi. Har bir ta‘rif muallifga
yaqinroq bol‘gan globallashuvning muayyan jihatlarini xarakterlaydi.
Bir xillilik va
aniqlikka da‘vo qilmasdan, globallashuvni yagona umumjahon ishlab chiqarish,
moliyaviy – iqtisodiy va axborot makonini shakllantirish
jarayoni sifatida
xarakterlash mumkin.
Amaliyotda globallashuvga nisbatan turli – tuman munosabatlar mavjuddir.
Uning tarafdorlari ham bor, unga qarshilar ham bor.
Globallashuv bo‘yicha umumiy fikrlar shundan iboratki,
u savdo va moliyaviy
oqimlar uchun chegaralarning ochiqligini ta‘minlab beradi. Globallashuv
tarafdorlari
uning
ustuvorligini
global
mehnat
taqsimoti
sharoitlarida
protektsionistik va ideologik chegaralar bilan cheklanmagn unumli raqobatning
kuchayishida ko‘rishadi. Umuman olganda, raqobat kooperatsiyaga qarshi bo‘ladi.
Agar bu fikrlarni chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak,
shunday xulosaga kelish
mumkinki, globallashuvning manfaatlari va ularning manbalari har doim ham bir xil
bo‘lavermaydi. Aynan qanday ijtimoiy samara kutiladi: yoki raqobat samaradorlikka
olib keladi, yoki mehnat taqsimoti sinergetik samara beradi.
Agar global raqobatni mamlakatlar o‘rtasida emas,
balki faqatgina transmilliy
korporatsiyalar o‘rtasida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u holda bunday qarama –
qarshilik bekor qilinishi mumkin. Chunki, ular uchun mehnat taqsimoti tamoyilidan
foydalanish mumkin.
Kompaniyalar o‘z samaradorigini oshirish maqsadida o‘z rivojlanish
jarayonlarida tranzaksion xarajatlarni kamaytirishga qodir bo‘lgan
vositalarni
topishga harakat qilishadi. Bu xarajatlar tizimning o‘zini tashqi muhit bilan har
qanday o‘zaro munosabatida yoki o‘z elementlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda
yuzaga keladigan noaniqliklardan kelb chiqadi. Boshqaruv
fanining rivojlanishi
korporatsiyalarning ichidagi tranzaktsion xarajatlarni pasaytirish va bu bilan yanad
yirik barqaror kompaniyalarni qurish imkoniyatini berdi. Bir paytning o‘zida