XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI - 468 - salohiyatni yanada faolroq ishga solishdan manfaatdor ekanligini bildiradi.
Energetika va energiya tejamkorligi, tibbiyot, logistika, kimyo, farmatsevtika,
elektrotexnika, to‗qimachilik va qayta ishlash sanoati hamda iqtisodiyotning boshqa
istiqbolli sohalarida aniq loyihalarni amalga oshirish orqali sarmoyaviy va
kooperatsion hamkorlikni diversifikatsiya qilishdan ikki tomon ham birdek
manfaatdordir.
Bugungi kunda O‗zbekistonda vengriyalik investorlar ishtirokidagi 7 korxona
faoliyat ko‗rsatmoqda, ularning 5 tasi qo‗shma korxona bo‗lsa, 2 tasi to‗liq
Vengriya kapitali asosida tashkil etilgan. O‗zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ushbu mamlakatning 5 kompaniyasi
ro‗yxatdan o‗tkazilgan
291
.
2017 yil 27-iyun kuni Toshkent shahrida Vengriyaning O‘zbekistondagi
elchisonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‗zbekiston
Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Vengriya Tashqi iqtisodiy
aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto, Vengriya Elchisi Peter Santo, ko‘plab
boshqa diplomatik missiya va OAV vakillari ishtirok etdilar.2018-yilning 27-fevral
kuni O‗zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Budapesht shahrida Vengriya Tashqi
iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto bilan uchrashdi.Uchrashuvda
ikki tomonlama shaklda va O‗zbekiston – Yevropa Ittifoqi muloqoti doirasida
O‗zbekiston va Vengriya o‗rtasidagi munosabatlarni faollashtirish yo‗llari va
mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar yakuniga ko‗ra O‗zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi va Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar
vazirligi o‗rtasida 2018-2020-yillarga mo‗ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi
292
.
291 http://uza.uz/uz/politics/ozbekiston-vengriya-ozaro-manfaatli-hamkorlikni-mustahkamlash-yolida-05.11.2011- 19481?element_code=ozbekiston-vengriya-ozaro-manfaatli-hamk orlikni-mustahkamlash-yolida-05.11.2011- 19481§ion_code=politics 292 http://ombudsman.uz/uz/press_center/news/uzbekistan/toshkentda -vengriya-elchixonasining-ochilish-marosimi-bo- lib-o-tdi/?sphrase_id=6176