Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti


 Mamlakat haqida umumiy ma'lumot



Yüklə 24,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə693/866
tarix28.12.2023
ölçüsü24,14 Mb.
#201127
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   866
XorijiyMamalakatlarIqtisodiyoti (1)

5.6.1. Mamlakat haqida umumiy ma'lumot
Statistics Time xalqaro reyting kompaniyasi 2018 yil ikkinchi choragi 
hisobotiga ko‘ra Armaniston nominal YaIM hajmi 12,031 mlrd. AQSh dollari, 2017 
yil yakunlari bo‘yicha XVF ma‘lumotiga ko‘ra aholi jon boshiga tushadigan milliy 
daromad bo‘yicha esa 4,032 AQSh dollarini tashkil etib, hozirda dunyo 
iqtisodiyotining 135 orinida turadigan mamlakat
503
. Ushbu reyting kompaniya 
tomonidan mamlakatning 2023 yilga borib YaIM hajmi 16,220 mlrd. AQSh dollari 
503
 http://www.imf.org/external/datamapper/ngdpdpc@weo/oemdc/advec/weoworldarm/
Armaniston 1995 yil 5 iyul 
kuni referendum orqali post sovet 
konstitutsiyasini 68 foiz ovoz bilan 
qabul 
qildi. 
Ter-Petrosyan 
boshchiligidagi 
komissiya 
Konstitutsiya loyihasini ishlab 
chiqdi. Bu hokimiyatning zaif 
qonunchilik tizimi bilan kuchli 
prezidentlik tizimini ta'minlad. 
Prezidentga hokimiyatnngi bosh 
vazirni, 
sudyalarni 
hamda 
prokuraturani tayinlash huquqini 
beradi.


XORIJIY MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI
- 774 - 
bashorat qilinmoqda
504
. Armaniston 2003 yil 5 fevralda Butunjahon Savdo 
Tashkilotiga a‘zo bo‘lgan
505

Mustaqillikka qadar Armaniston iqtisodiyoti asosan kimyo sanoati, 
elektronika mahsulotlar, mashinalar, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, 
sintetik kauchuk va to'qimachilikka asoslangan bo‘lib tashqi omillarga juda bog'liq 
edi. 1991 yilda sobiq Ittifoqning parchalanishiga qadar qishloq xo'jaligi real 
mahsulotining 20 foizini va ish bilan ta'minlanganlikning 10 foizini tashkil qilgan. 
Armaniston konlarida mis, rux, oltin va qo'rg'oshin qazib olingan. Energiyani ko'p 
qismi import qilingan yoqilg'i bilan, shu jumladan, Rossiya gazidan va atom 
energetikasi yoqilg'isidan foydalaniladi. Asosiy energiya manbai – gidroenergetika 
hisoblanadi. Kichik miqdorda ko'mir, gaz va neft konlari hali ham samarali ishlab 
turibdi. 
Armaniston iqtisodiyoti qishloq xo'jaligi sanoat bilan uzviy bog‘langan; 
ushbu soha muhim ahamiyatga ega bo'lib, yalpi ichki mahsulotning qariyb beshdan 
ikki qismini tashkil etadi va ishchi kuchining beshdan bir qismini ish bilan 
ta'minlamoqda. Sanoat energiya va xom-ashyoning importiga juda bog'liq bo‘lib 
qolgan. Armaniston mashinasozlik, to'qimachilik va boshqa ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni qardosh respublikalarga xom-ashyo hamda energiya yetkazib beradi. 
Armaniston, Ozarbayjon va Turkiya chegaralari 1991 yildan 1993 yilgacha yopilgan 
edi. Chunki, Armaniston Ozarbayjon bilan bo'linadigan Tog`li Qorabog` mintaqasi 
bo`yicha davom etayotgan nizo natijasida bu ikki ochiq savdo chegarasi 
vaqtinchalik foydalanishda bo‘lmadi. 

Yüklə 24,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   689   690   691   692   693   694   695   696   ...   866




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin