4
Kirish
(doktorlik dissertatsiyasi (DSc) annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzisining dolzarbligi va zarurati.
Jahonda mavjud
axborotlar fazosidan oʻzining kasbiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy,
shaxsiy va boshqa sohalardagi ehtiyojlari uchun foydali boʻlgan
axborotlarni izlash,
saralash, saqlash, qayta ishlash va uzatish maqsadlarida foydalanuvchi insonlar soni
borgan sari ortib bormoqda. Bu jarayonda axborotlarni qayta ishlashga moʻjallangan
dasturiy vositalar zamonaviy mutaxassis va oddiy foydalanuvchlarning beminnat
dastyoriga aylanib ulgurganligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy olam mavjud barcha ma’lumotlar hisobiga ulkan axborotlar
fazosiga aylandi va uning hajmi kishilarning mumkin boʻlgan
barcha sohadagi
hohish-istaklarini qamrab oluvchi yangi axborotlar evaziga uzluksiz ravishda
kengayib bormoqda. Bu holat axborotlarning eng zamonaviy mutaxassislardan to
oddiy fuqarolargacha boʻlgan keng qamrovli foydalanuvchilar auditoriyasi oldida
ushbu fazodan ehtiyojlariga koʻra zarur ma’lumotlarni jamlash, saralash, qayta ishlash
va
uzatish masalalarini tez, qulay, sifatli va tejamkor usullar yordamida hal qilish
bilan bogʻliq qator muammolarni yuzaga keltiradi. Mazkur muammolarni samarali hal
qilish uchun tegishli dasturiy vositalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish talab
qilinadi.
Iqtisodiy, kasbiy va boshqa sohalardagi ma’lumotlarga aholi ehtiyojlarining
ortishi yangi dasturiy vositalarga va demak, katta sondagi dasturchilarga boʻlgan
zaruratning shakllanishiga sabab bo’ldi. Odatda, yangi dastur ishlab chiqish jarayoni
dasturchilarning qaralayotgan masala sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan
birgalikda ishlashlarini talab qiladi. Bunda yuzaga keladigan koʻplab noqulayliklarni
bartaraf etish hamda dastur
ishlab chiqish jarayonini tez, qulay va tejamkor usullar
bilan tashkil qilishda boshqa soha mutaxassislarning dasturchilik boʻyicha zarur bilim
va malakalarga ega boʻlishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Dasturiy vositalarning jamiyat hayotiga chuqur kirib borib, oddiy va itoatkor
yordamchilikdan
boshlab,
to
mustaqil
qarorlar
qabul
qilish
asosida
boshqaruvchilik-kacha boʻlgan vazifalarni bajarish imkoniyatlariga ega boʻlib,
5
1-rasm. IT sanoati koʻrsatadigan xizmat turlari.
yangidan-yangi shakl va mazmunlarda yanada takomillashib, rivojlanib bormoqda.
Dunyo tarixi XX asrning 50-yillarida boshlangan dasturchilikning bugungi kunda
qudratli IT-sanoatiga aylanganiga guvohlik qilmoqda. Mazkur sanoat turi
raqamlashgan jamiyat va iqtisodiyotning barcha segmentlari uchun lokomotiv
vazifasini oʻtaydi va dasturchi sifatida koʻplab yoshlar
uchun kasb va daromad
manbai hisoblanadi. Buni dunyoning 5 ta IT-gigantlari 2022 yilda 354 mlrd. $
daromad qilgani hamda 1,4 million dasturchilarni ish bilan ta’minlanganidan ham
koʻrish mumkin. Yangi dasturiy vositalarga ehtiyojning ortishi dasturchilikni koʻp
talab qilinadigan va katta daromadni kafolatlay oladigan zamonaviy faoliyat
turlaridan biriga aylantirdi. IT-korxonalarning koʻpayishi hamda iqtisodiyotning
raqamlashuvi dasturchilar taqchilligi muammosini yuzaga keltirdi. Shu sababli,
barcha horijiy yetakchi oliy oʻquv yurtlari kasbiy faoliyati
axborotlarni qayta
ishlash bilan bogʻliq koʻplab tor soha mutaxassislarini dasturchilik boʻyicha yetarli
bilim va malakalar bilan ta’minlashdan iborat ustuvor ta’limiy jarayonni yoʻlga
qoʻydilar va uni predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish orqali amalga
oshira boshladilar. Chunki, bu tillar mutaxassislarga oʻz kasbiy amaliyotlarida
foydalanish uchun yaroqli bo’lgan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishga imkon
beradi.
XX asrning 50-yillaridan boshlangan dasturchilik oʻtgan qisqa muddat
ichida jahonda qudratli IT-sanoatiga aylandi. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ham,
dasturchilik bilan bogʻliq faoliyat turi sanoatning koʻplab sohalari kabi toʻxtab
qolgani yoʻq, balki shiddat bilan rivojlanishda davom etdi.
Bugungi kunda IT-
sanoati oʻz foydalanuvchilariga koʻpchilik tomonidan e’tirof etilgan bir qator
6
xizmat turlarini taklif qilmoqda (1-rasm).
Raqamlashgan jamiyatda IT-sanoati iqtisodiyotning barcha segmentlari
faoliyati uchun amalda lokomotiv boʻlib xizmat qilmoqda. Qolaversa,
bu sanoat
millionlab kishilarga hatto, pandemiya sharoitida ham oʻzini-oʻzi cheklaydigan
holatlarda masofadan turib ishlash imkonini taqdim eta oldi. Dasturiy ta’minot va
axborot texnologiyalariga moʻljallangan raqamli gigantlar ihtiyoriy biznes hamda
kompaniyalarga oʻsish va rivojlanishi uchun yordam koʻrsatish orqali oʻz
iqtisodlarini ham mustahkamlashga erishmoqdalar. Shu bilan birga, IT-sohasining
muvafaqqiyati
mijozlarining
toʻlov
qobiliyatlari
hamda
sanoatning
kompyuterlashtirish uchun moliyalashtirishga tayyorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri
bogʻliq ekanligini unutmaslik lozim.
Statist olimlar tomonidan dunyo yalpi mahsuloti 2020 yildagi pandemiya
sharoitida tahminan 4,3% ga qisqargan boʻlsada, IT
sanoati ijobiy rivojlanish
dinamikasini qayd etganligi e’tirof etiladi. Ochiq manbalar 2021 yilda jahon AKT
bozori 2020 yilga nisbatan 9 % oʻsib, jami 4,24 trln $ ni (jumladan, dasturiy
ta’minot – 605 mlrd $, IT-xizmatlar – 1,2 trln $) tashkil qilganini koʻrsatmoqda
[IV.31]. 2023 yil aprel holatiga qayd etilgan ayrim statistik ma’lumotlar ham
mazkur sanoat turining jahon iqtisodiyotidagi ahamiyatiga ishora qiladi [III.60] (1-
jadval).
Dostları ilə paylaş: