Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
quyidagi holatlar bilan belgilanadi: 

Oʻzbekiston respublikasida IT-sanoatni rivojlantirish sohasidagi davlat 
siyosatiga mos kelishi; 

raqamli jamiyatning faol ishtirokchilarini tarbiyalashga qaratilganligi; 

yoshlar oʻrtasida dasturchilikning keng targ’ib qilinganligi;

yangi dasturlash tili va paradigmalarni ta’lim jarayoniga olib kirish 
zaruratining ilmiy-amaliy asoslanganligi: 

ta’lim jarayoniga olib kiriladigan dasturlash tilini Python misolida 
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash paradigmalari nuqtai nazardan tahlil 
qilinganligi; 

oʻqitish uchun Python tili misolida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash 
tillari mazmunini bakalavriat mutaxassisliklari va ularning kelajakdagi kasbiy 
faoliyatlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilab berilganligi; 

predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini zamonaviy texnologiyalar 
asosida oʻqitish uslubiyotining ishlab chiqilganligi; 

ishlab chiqilgan uslubiyot samaralarini tajriba-sinov ishlari hamda 
ishonchli ma’lumotlar yordamida asoslab berilganligi; 

dissertatsiya 
mavzusi 
yuzasidan 
tegishli 
tavsiyalarning 
ishlab 
chiqilganligi. 
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor 
yoʻnalishlariga mosligi. 
Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar 
rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy


21 
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion 
gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor 
yoʻnalishi doirasida bajarilgan. 
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha horijiy ilmiy tadqiqotlar sharxi: 
Bugungi 
kunda dasturchilik sanoatning eng serdaromad yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. OIiy 
va oʻrta maxsus bilim yurtlari bu sanoatni zarur bilimlarni egallagan yosh 
mutaxassislar bilan ta’miunlashdan iborat boʻlgani uchun, oʻz faoliyatlarini tegishli 
Informatika va axborot texnologiyalari hamda dasturlash tillarini oʻqitishdan 
tashqari, ta’lim jarayoni samarasini orttirish ustida ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib 
bormoqdalar.
Ma’lumki, Rossiyada ta’lim jarayoni mutaxassislik va ta’lim yoʻnalishi 
boʻyicha talabalarning bilimlariga qoʻyiladigan minimal majburiy talablar to'plami 
- Federal davlat ta’lim standarti (FDTS) asosida tashkil qilinadi. FDTS Rossiya 
prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ayrim oliy oʻquv yurtlaridan (masalan, 
Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti kabi) boshqa 
barcha oliy oʻqubv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi barcha 
ilmiy tadqiqot ishlari ta’lim yoʻnalishi uchun FDTS da belgilab qoʻyilgan 
vazifalarni samarali bajarish usullarini oʻrganishga bagʻishlanadi.
Ochiq manbalar boʻyicha tadqiqotlarimiz dasturlash tillarini oʻqitish 
boʻyicha Rossiyada dasturlash tillarini oʻqitish uslubiyotiga bagʻishlangan ilmiy 
ishlar (himoya qilingan dissertatsiyalar) 2200 dan ortiq, informatika fanini oʻqitish 
uslubiyotiga bagʻishlangan ilmiy ishlar 3500 ga yaqin, dasturlash paradiglmalariga 
bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining 450 dan ortiq ekanligini koʻrsatdi. Ular 
orasida K.I. Baumane, Y.A. Nejinskaya, S.A. Samsonova, E.A. Rakitina, L.I. 
Doliner, N. I. Ryjova, L.X.Zaynutdinova, V.M. Krasin, N.V. Safronova, V.V. 
Persiyanov va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini ta’kidlab oʻtish mumkin.
Tahlillarimiz 
Rossiyalik 
olimlarning 
tadqiqotlari 
asosan 
quyidagi 
yoʻnalishlarda olib borilayotganligini koʻrsatdi: 

informatika va axborot texnologoyalari, jumladan, dasturlash tillarini turli 
ta’lim yoʻnalishlarida oʻqitish uslubiyotini takomillashtirish; 


22 

informatika va axborot texnologoyalari, jumladan, dasturlash tillarini 
oʻqitish orqali talabalarning tizimli, algoritmik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini 
rivojlantirish; 

talabalarning dasturchilikka oid turli kompetensiyalarni shakllantirish; 

turli texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni samarasini orttirish; 

boshqa soha uchun mutaxassislar tayyorlashda informatika va dasturlash 
tillaridan foydalanish va h.k. 
Bir qator olimlaning e’tirof etishlaricha, Rossiyalik talabalar fundamental 
bilimlar sohasida ustun boʻlishlarig qaramay, amaliy bilimlar boʻyicha AQSH, 
Hindiston va Hitoylik talabalardan orqada borishar ekan [III.42].
AQSH va Evropa oliy oʻquv yurtlari ta’lim jarayonini bevosita IT-sanoati 
bozori talablari asosida tashkil qiladi ularning har biri ta’lim siyosatini mustaqil 
ravishda quradi [III.61]. Bu oʻquv yurtlarida talabalar pullik asosda qabul qilinadi 
va toʻlov summasi bevosita mutaxassislarning oladigan yillik haqlari hamda oʻquv 
yurtining nufuziga bogʻliq ravishda belgilanadi.
AQSH va Evropa davlatlari Oliy oʻquv yurtlari Computer Science fanining 
uch yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi: 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin