21
huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda innovatsion
gʻoyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yoʻllari” ustuvor
yoʻnalishi doirasida bajarilgan.
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha horijiy ilmiy tadqiqotlar sharxi:
Bugungi
kunda dasturchilik sanoatning eng serdaromad yoʻnalishiga aylanib ulgurdi. OIiy
va oʻrta maxsus bilim yurtlari bu sanoatni zarur
bilimlarni egallagan yosh
mutaxassislar bilan ta’miunlashdan iborat boʻlgani uchun, oʻz faoliyatlarini tegishli
Informatika va axborot texnologiyalari hamda dasturlash tillarini oʻqitishdan
tashqari, ta’lim jarayoni samarasini orttirish ustida ham ilmiy tadqiqot ishlarini olib
bormoqdalar.
Ma’lumki, Rossiyada ta’lim jarayoni mutaxassislik va ta’lim yoʻnalishi
boʻyicha talabalarning bilimlariga qoʻyiladigan minimal majburiy talablar to'plami
- Federal davlat ta’lim standarti (FDTS) asosida tashkil qilinadi. FDTS Rossiya
prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ayrim oliy oʻquv yurtlaridan (masalan,
Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti kabi) boshqa
barcha oliy oʻqubv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi barcha
ilmiy tadqiqot ishlari ta’lim yoʻnalishi uchun FDTS da belgilab qoʻyilgan
vazifalarni samarali bajarish usullarini oʻrganishga bagʻishlanadi.
Ochiq manbalar boʻyicha tadqiqotlarimiz dasturlash tillarini oʻqitish
boʻyicha Rossiyada dasturlash tillarini oʻqitish uslubiyotiga bagʻishlangan
ilmiy
ishlar (himoya qilingan dissertatsiyalar) 2200 dan ortiq, informatika fanini oʻqitish
uslubiyotiga bagʻishlangan ilmiy ishlar 3500 ga yaqin, dasturlash paradiglmalariga
bagʻishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining 450 dan ortiq ekanligini koʻrsatdi. Ular
orasida K.I. Baumane, Y.A. Nejinskaya, S.A. Samsonova, E.A. Rakitina, L.I.
Doliner, N. I. Ryjova, L.X.Zaynutdinova, V.M. Krasin, N.V. Safronova, V.V.
Persiyanov va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarini ta’kidlab oʻtish mumkin.
Tahlillarimiz
Rossiyalik
olimlarning
tadqiqotlari
asosan
quyidagi
yoʻnalishlarda olib borilayotganligini koʻrsatdi:
informatika
va axborot texnologoyalari,
jumladan, dasturlash tillarini turli
ta’lim yoʻnalishlarida oʻqitish uslubiyotini takomillashtirish;
22
informatika va axborot texnologoyalari, jumladan, dasturlash tillarini
oʻqitish orqali talabalarning tizimli, algoritmik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish;
talabalarning dasturchilikka oid turli kompetensiyalarni shakllantirish;
turli texnologiyalar asosida ta’lim jarayoni samarasini orttirish;
boshqa soha uchun mutaxassislar tayyorlashda informatika va dasturlash
tillaridan foydalanish va h.k.
Bir qator olimlaning e’tirof etishlaricha, Rossiyalik
talabalar fundamental
bilimlar sohasida ustun boʻlishlarig qaramay, amaliy bilimlar boʻyicha AQSH,
Hindiston va Hitoylik talabalardan orqada borishar ekan [III.42].
AQSH va Evropa oliy oʻquv yurtlari ta’lim jarayonini bevosita IT-sanoati
bozori talablari asosida tashkil qiladi ularning har biri ta’lim siyosatini mustaqil
ravishda quradi [III.61]. Bu oʻquv yurtlarida talabalar pullik asosda qabul qilinadi
va toʻlov summasi bevosita mutaxassislarning oladigan yillik haqlari hamda oʻquv
yurtining nufuziga bogʻliq ravishda belgilanadi.
AQSH va Evropa davlatlari Oliy oʻquv yurtlari Computer Science fanining
uch yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi:
Dostları ilə paylaş: