Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Ilgʻor IT sanoat vakillarining daromadlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

 
Ilgʻor IT sanoat vakillarining daromadlari. 
1-jadval.
kompaniya 
nomi 
sohasi 
bahosi 
(mlrd $) 
xodimlar 
soni 
yillik daro-
madi (mlrd $) 
Dell Tech-
nologies 
dasturiy 
ta’minot, 
bulutli 
texnologiyalar
32
133 000 
108
Accenture 
Raqamli marketing, biznes-
maslahat, texnologiya
180
624000 
64
TD Synnex
IT servic, dasturiy ta’minot, 
texnologiya, IT maslahat
9
270000 
62
IBM 
dasturiy 
ta’minot, 
bulutli 
texnologiyalar, axborot
126
307 600 
61



HP 
Enterprise
dasturiy 
ta’minot, 
bulutli 
texnologiya, internet-savdo
27
51 000 
59
Jami 
1 385 000 
354
1-jadvaldan ko’rinib turibdiki, IT sanoati nafaqat katta daromad manbai, 
balki koʻpchilikni ish bilan ta’minlashga ham imkon berar ekan.
Dunyoning eng boy odamlari [IV.26] roʻyxati ham oʻz bisnesini IT sohasida 
tashkil qilish eng samarali yoʻllardan biri ekanligiga ishora qiladi (2-jadval). 
IT sanoatidan katta foyda olgan milliarderlar

2-jadval.
ismi va sharifi 
boyligi 
($) 
soʻnggi 
yilda ($) 
biznes sohasi 
davlat 
Ilon Mask 
219 mlrd 
+ 68 mlrd
Tesla, SpaceX 
AQSH 
Djeff Bezos 
171 mlrd 
-6 mlrd 
Amazon.com 
AQSH 
Bernar Arno
158 mlrd 
+ 8 mlrd 
LVMN 
Fransiya 
Bill Geyts 
129 mlrd 
+ 5 mlrd 
Microsoft, investiciya 
AQSH 
Uorren Baffet 
118 mlrd 
+ 32 mlrd 
Berkchire Hathaway 
AQSH 
Larri Peydj 
111 mlrd 
+ 20 mlrd 
Google 
AQSH 
Sergey Brin 
107 mlrd 
+ 18 mlrd 
Google 
AQSH 
Larri Errison 
106 mlrd 
+ 13 mlrd 
Oracle,
AQSH 
Stiv Balmer 
104 mlrd 
+ 13 mlrd 
Microsoft
AQSH 
Yuqoridagi ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, IT-sanoati bilan bogʻliq 
faoliyat turlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun ham katta daromad manbai 
boʻlib xizmat qilar ekan.
IT-sanoat quyidagi sohalarda faoliyat yuritishni tashkil qilishga imkon 
beradi: 
-
ishlab chiqarish; 
-
xususiy tadbirkorlik; 
-
qoʻshimcha daromad qilish; 
-
masofadan turib ishlash va boshqarish; 
-
fan va texnikani rivojlantirish; 



-
ta’lim va tarbiya berish; 
-
aholining siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotini yaxshilash;
-
aholini ish bilan ta’minlash; 
-
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va h.k. 
Shunday ekan, har qanday davlat oʻz siyosat va iqtisodiyotini samarali 
tashkil qilishda IT-sanoatiga alohida e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq sanaladi. 
IT-sanoat asosini dasturchilik tashkil qilishini nazarda tutib aytish mumkinki, 
quyidagi masalalar har qanday davlat siyosatining bir qismiga aylanishi lozim: 
-
yoshlar oʻrtasida dasturchilik kasbiga yoʻnaltirish ishlarini kuchaytirish; 
-
dasturchilik sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yoʻlga 
qoʻyish va bu jarayonda eng zamonaviy dasturlash tillaridan keng foydalanish; 
-
dasturchilar faoliyati uchun huquqiy va me’yoriy asoslarni ishlab chiqish 
va ularni amaliyotga joriy qilish; 
-
sohalar boʻyicha yangi dasturiy mahsulotlarga boʻlgan ehtiyojlarni 
oʻrganish va ularni qanoatlantirish uchun raqobatbardosh milliy dasturiy 
mahsulotlar bozorini shakllantirish;
-
mamlakatni raqamlashtirish va axborotlashtirish sohasidagi rivojlanish 
istiabollarini bashhorat qilish va bu yoʻldagi eng ustuvor vazifalarni belgilash 
hamda moliyalashtirish asoslarini ishlab chiqish; 
-
joylarda axborot-kommunikatsion texnologiyalari uchun zamonaviy 
infratuzilmalarni yaratish. 
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bolʻlan yoshlar 
tashkil qiladi [IV.3]. Tabiiyki, bu yoshlarni ish bilan ta’minlash Oʻzbekiston 
respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev 
va 
boshqa 
mutasaddi 
davlat 
rahbarlarining oldida turgan eng muhim masalalardan biri sanaladi. Bu oʻrinda 
Sh.M.Mirziyoyev “bilimli yoshlarimizga sharoit yaratib bermasak, ular xorijga 
chiqib ketadi” deb alohida taʻkidlab oʻtganlar.
Oʻzbekiston 
Respublikasida 
yoshlarga 
oid 
davlat 
siyosatini 
takomillashtirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning 
jismoniy va ma’naviy barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar 



yaratish borasida bir qancha muhim hujjatlar qabul qilindi, amaliy ishlar yoʻlga 
qoʻyildi va muayyan natijalarga erishildi. Shunday boʻlsa ham, bu borada 
bajariladigan ishlar hamisha keng koʻlamli boʻlib, oʻz dolzarbligini saqlab 
qolaveradi. Shu nuqtayi nazardan, Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda 
“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot 
texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim 
tashabbusni amalga oshirish toʻg‘risida” oʻtkazilgan video­selektor yig‘ilishida 
yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga 
taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi [IV.2]. Bu tashabbuslarning uchinchisi 
aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali 
foydalanishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda 2019-2020 
yillarda respublikamiz tuman va shaharlarida raqamli texnologiyalar oʻquv 
markazi tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha 
obyektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash koʻzda tutilgan. 
Bu masalani samarali hal qilishda dasturchilik va dasturchilar alohida oʻrin 
tutishini his qilgan hurmatli Prezidentimiz “bir million dasturchi” loyihasini ilgari 
surdilar. Mazkur loyihani ishga tushirish marosimi 2019-yilning 21-noyabr kuni 
Toshkent shahrida, Inxa Universitetida boʻlib oʻtdi. “Bir million dasturchi” 
loyihasi boʻyicha prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shunday deydilar: Biz “bir 
million dasturchi” loyihasini amalga oshirishni boshladik. Bu katta marra. Shuni 
amalga oshirsak, yaqin 3‒4 yilda juda koʻp narsa oʻzgaradi... Tasavvur qiling, bir 
million dasturchi barcha sohaga kirib boradi va raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanishiga katta hissa qoʻshadi. Bu ‒ katta drayver boʻladi mamlakat 
rivojlanishiga. Biz hech qachon bunday katta marra olmaganmiz [IV.32]. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev shu bilan birga dasturchilikning kelajakda 
yosh avlodni ish bilan ta’minlash hamda raqamli iqtisodiyotini yoʻlga qoʻyishning 
muhim ahamiyatini chuqur his qilgan holda, dasturchilik sohasidagi iqtidorli 
yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qamrab olish muhimligini 
alohida ta’kidlab oʻtganlar. Qolaversa, maktab oʻquvchilaridan tashqari 200 ming 
oʻgʻil-qizlarni oʻqitish uchun IT-maktablarni hamda “Ishga marhamat” mono-


10 
markazlarni tashkil qilish uchun davlat byudjetidan 200 milliard soʻm mablagʻ 
ajratilganini e’tirof qilib oʻtdilar.
Amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar nafaqat jamiyatning siyosiy, 
iqtisodiy va ijyimoiy barkamolligi, balki zamonaviy turmush tarzini yoʻlga 
qoʻyish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning moddiy va ma’naviy hayotini 
yuqori darajalarga koʻtarishda muhim poydevor boʻlib xizmat qilishi tabiiy. 
Oʻzbekistonda keyingi besh yilda raqamli iqtisodiyot jadallik bilan rivojlana 
boshladi [III.26]. Tadqiqotchilarning fikrlariga asosan, yurtimiz raqamli 
iqtisodiyotining tarkibiy qismlari sifatida elektron tijorat, elektron hukumat tizimi, 
yagona oyna, dasturiy ta’minot, ishlab chiqarish jarayonlariga “aqlli 
texnologiyalarni” joriy qilish, “Aqlli shahar” va “Xavfsiz shahar” kabi tizimlar
internet texnologiyalari doirasida zamonaviy infratuzilmalarni joriy qilish kabi 
yoʻnalishlarda olib borilayotgan keng koʻlamli ishlarni ta’kidlash mumkin.
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“2022 

2026-yillarga 
moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” gi 
Farmonida [I.1] yurtimizda axborot-kommunikatsion texnologiyalari sohasida 
qilinayotgan ishlarni raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasiga oid quyidagi 
koʻrsatkich-mezonlar yordamida baholash belgilab qoʻyilgan: 
- yalpi iqtisodiy mahsulotlarga nisbatan ulushi; 
- AKT sohasiga kiritilayotgan investitsiyalar miqdori; 
- Internet tezligi; 
- mamlakatni internet toʻrlari bilan qamrab olinganligi; 
- aholining barcha qatlamlari uchun ochiqligi; 
- elektron hukumat tizimidagi davlat xizmatlarining ulushi; 
- tashkilotlarning malakali IT mutaxassislari bilan ta’minlanganligi; 
- chet el ekspertlarining fikr-mulohazalari va h.k. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, respublikamizda ham jamiyatni 
axborotlashtirish sohasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, yuqorida 
keltirilgan mezonlar asosida Oʻzbekistonda IT sanoati sohasida erishilgan ayrim 
ma’lumotlarni (1.3-jadval) koʻrsatish mumkin [III.26]. Shuningdek, jahon IT-


11 
sanoati sohalari boʻyicha ham Oʻzbekiston Respublikasining mavqei borgan sari 
ortib bormoqda. Mamlakatimizning xalqaro IT-sanoatida tutgan oʻrnini reyting 
koʻrsatkichlari jadvalidan ham koʻrish mumkin (1.4-jadval).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin