Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Tadqiqot natijalarining approbatsiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Tadqiqot natijalarining approbatsiyasi.
Ilmiy-tadqiqot doirasida olib 
borilgan ilmiy-uslubiy izlanishlar natijalari yuzasidan 5 ta xalqaro hamda 6 ta 
respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan. 
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi.
Dissertatsiya mavzusi boʻyicha 
jami 36 ta ilmiy ish, jumladan 1 ta darslik, 1 elektron darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 
1 ta monografiya, 2 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma va O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy 
natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 14 ta maqola, jumladan, 11 
tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan. 
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi:
dissertatsiya kirish, toʻrt bob, 218 
sahifa matn, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan 
iborat. 
 
 


33 
ASOSIY QISM 
I BOB. OLIY OʻQUV YURTLARIDA DASTURLASH TILLARINI 
OʻQITISHGA OID BOSHLANGʻICH MA’LUMOTLAR 
1.1-§. Dasturlash tillarining umumiy tushunchalari, tendensiyalari va 
qisqa rivojlanish tarixi 
Zamonaviy kishilik jamiyatini turli rusumdagi hisoblash texnikalari hamda 
axborot-kommunikatsion texnologiyalarisiz tasavvur qilishning iloji yoʻq. Tarixan 
yaqinda kirib kelgan boʻlsada, bu vositalar bugungi kunda hayotning hech bir 
istisnosiz, barcha jabhalariga kirib bordi. Ular bugungi kunda eng oddiy va itoatkor 
yordamchidan tortib, to murakkab holatlar uchun mustaqil, tezkor va maqbul 
qarorlarni qabul qila oladigan “aqlli boshqaruvchi” gacha boʻlgan vazifalar 
doirasida keng qoʻllanmoqda. Va bu holat tobora kuchayib, yangidan-yangi 
maqsadlar yoʻlida oʻz aksini yanada kengroq topmoqda. Hisoblash texnikalarining 
zamonaviy vakillari hamda dasturchilar mazkur jarayonning yetakchi kuchlari 
hisoblanadi.
Dastur 
– dasturlash tillaridan birida, kompyuterga tushunarli koʻrinishda 
yozilgan buyruqlar ketma-ketligidir.
Bitta masala uchun dasturlarni turli tillarda ishlab chiqish mumkin va bu 
dasturlarning yozilish usullaridan qat’iy nazar, natijalari bir xil boʻlishi tabiiy. Bu 
oʻrinda ishlab chiqilgan dasturlarning qaysi biri boshqalaridan yaxshiroq? degan 
savol yuzaga keladi.
Dastur natijalarini baholash boshqa fanlar uchun qabul qilingan mezonlardan 
bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, boshqa soha boʻyicha muammo 
yechimlarini tegishli mutaxassislar baholaydi. Dasturlar esa odatda, ma’lum bir 
amaliy sohada foydalanishga moʻljallangan boʻlib, sotish uchun ishlab 
chiqiladigan mahsulot hisoblanadi. Shu sababli, dastur natijalarini baholashda 
koʻpincha dasturlashdan yiroq boʻlgan oddiy foydalanuvchilarning fikri muhimroq 


34 
sanaladi. Chunki, bu omil dasturiy mahsulotning kelajakda keltirishi mumkin 
boʻlgan iqtisodiy daromad miqdori hamda oddiy foydalanuvchilar e’tiborini jalb 
qilishi bilan belgilanadi. Bu borada albatta, dastur natijalarning ishonchliligi 
muhim ahamiyat kasb etadi. Ishonchlilik kompyuter tajribalari orqali asoslanadi
bajarish va keng foydalanuvchilar ommasi uchun ochiq boʻladi.
Har bir dasturiy mahsulot foydalanishda yaroqli boʻlishi uchun ma’lum bir 
talablarga javob berishi lozim. Bu talablar dasturi ishlab chiqilayotgan 
masalalarning oʻziga xos xususiyatlari, amalda qoʻllash shart-sharoitlari hamda 
foydalanuvchilarning talab va istaklariga koʻra turlicha boʻlishi mumkin. Quyida 
amaliyotda koʻp qoʻllanadigan ayrim talablar keltirilmoqda::
natijaviylik;
– ishonchlilik;
– ommaviyligi;
– funksionallik;
– resurslardan (insoniy, texnik, mablag’, axborot, xotira, vaqt va h.k.) 
unumli foydalanish;
– ishlab chiqish va foydalanishdagi qulayligi;
– xavfsizligi (turgʻunligi);
– kuzatiluvchanligi;
– tashhislanuvchanligi; 
moslashuvchanligi;
– tahrirlanuvchanligi;
– koʻchuvchanligi (mobilligi).
Sanab oʻtilgan xususiyatlarga ega boʻlgan dasturlarni ishlab chiqish sohasida 
olib borilayotgan ishlar majmuasi bugungi kunda dastur ishlab chiqishni 
zamonaviy sanoat hamda fan-texnikaning yosh va jadal tezlikda rivojlanayotgan 
sohalaridan biriga aylantirdi. Shuni ta’kidlash joizki, bu sohada toʻplangan boy 
tajriba, usul va metodologik yondoshuv, texnik va dasturiy vositalar doimiy 
ravishda qayta-qayta tahlil qilinmoqda va bu yoʻldagi sa’yi harakatlar 
dasturlashning yangi paradigma, texnologiya, usul va uslubiyotlarini ishlab 


35 
chiqilishi va amaliyotga joriy etilishiga olib kelmoqda. Mazkur jarayondagi 
muammolarni samarali hal qilishda dasturlash tillari eng muhim omillaridan biri 
hisoblanadi.
“Dasturlash tili” tushunchasining bir qator ta’riflari mavjud. Jumladan, 
Wikipedia.ru ensiklopediayasi shunday yozadi [IV.13]:

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin