Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Tadqiqotning amaliy natijalari:
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini Python dasturlash tili misolida 
oʻqitish boʻyicha ayrim bakalavr yoʻnalishlarining oʻquv-meyoriy hujjatlariga 
oʻzgarishlar taklif qilingan;
kasbiy faoliyati katta hajmli axborotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq 
mutaxassisliklarning oʻziga xos hususiyatlarni e’tiborga olgan holda Python 
dasturlash tilini oʻqitishning mazmuni va ta’lim jarayonida foydalanish mumkin 
boʻlgan adabiyotlar tavsiya qilingan;
oliy oʻquv yurtlarida predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish 
jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari (shu 
jumladan, bulutli va loyihaviy ta’lim texnologiyalari) va ulardan foydalanish 
uslubiyoti takomillashtirilgan;
1.
 
Python dasturlash tilini oʻqitish jarayonida foydalanish uchun bosma va 
elektron shakldagi ta’lim resurslari, shu jumladan, 1 ta darslik (Obyektga 
yo‘naltirilgan dasturlash tillari. OTFvIV 314-qarori (№ 907). 2023 yil 17 iyul.), 
bitta monografiya (Predmetga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini oʻqitish uslubiyoti. 
– Namangan: Arjumand Media, 2023. -178 b.), uchta oʻquv qoʻllanma (1. 
Dasturlash asoslari. /OOʻMTV grifi, 2015 yil 29-may, №190. 2. Dasturlash 
asoslari bo’yicha masalalar to’plami. /OOʻMTV grifi, 2017 yil 28-may, №434. 3. 


29 
Python kutubxonalari. /OʻzMU grifi, 2023 yil 31 mart, 8 – sonli qaror).), 1 ta 
elektron darslik (Python dasturlash tili boʻyicha elektron darslik. BGU 00908, 
06.01.2023) va b. ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
muammoga metodologik, uslubiy, psixologik va pedagogik yondoshuvlarga, 
amaldagi ta’lim sohasidagi milliy tajriba, respublikamiz va jahonning yetakchi 
pedagog va uslubshunos olimlarining dasturlash tillarini oʻqitish sohasidagi 
tajribalariga asoslanganligi; 
dissertatsiya vazifalariga mos keluvchi, oʻzaro bir-birini toʻldiruvchi 
tadqiqot usullarining qoʻllanganligi;
tahlil va tadqiqot tavsifining miqdor va sifat jihatidan ta’minlanganligi; 
tajriba-sinov ishlarining reprezrentativligi va olingan natijalarning 
matematik-statistik tahlil usullari yordamida asoslanganligi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin