Oʻzbekistonda informatika fanining shakllanish va rivojlanish tarixi 1956 dan boshlanadi. Shu yili respublikamizda kibernetika fanini oyoqqa qoʻyish
uchun dastlabki chora-tadbirlar amalga oshirildi. Kibernetika sohasidagi dastlabki
ishlar davlat rejalashtirish qoʻmitasining raisi S. K. Ziyodullayev boshchiligida
olib borildi. Respublika rahbari Sh. Rashidov tomonidan bu ishlar qoʻllab-
quvvatlandi.
Hozirgacha oʻtgan vaqt mobaynida informatika fanining rivojlanishida
muhim ahamiyat kasb etadigan quyidagi ma’lumotlarni ajratib koʻrsatish mumkin.
1956 yil. Oʻzbekistonda kibernetika, informatika va hisoblash texnikasi
sohasidagi ilk tadqiqotlar respublika Fanlar akademiyasi Matematika instituti
qoshida hisoblash texnikasi boʻlimi shakllantirish hamda Oʻrta Osiyoda birinchi
boʻlib «Ural-1» EHM ini ishga tushirishdan boshlanadi.
1960 yillar. Akademik V. Qobulov
tashabbusi bilan Toshkent shahrining bir
nechta oʻrta maktablarida informatika fanini oʻqitish uchun maxsus sinflar tashkil
qilindi.
1962 yil . Fanlar akademiyasining Romanovskiy nomli matematika
institutida “Programmalash” kafedrasi ochildi. Unga akademik F. B. Abutalipov
rahbar qilib tayinlandi.
1965 yil . Matematika instituti qoshida hisoblash texnikasi boʻlimi negizida
Hisoblash markazi tashkil qilindi va uning kompyuter parki oʻz ichiga M-20, M-
220, Minsk-22, E-1045, ES-1052, BESM- 6, shuningdek, boshqaruvchi «Dnepr»
EHM larini oldi. Bu ishlarning asosiy tashabbuskori – akademik Vosil Qobulov
hisoblanadi.
Matematika instituti qoshida shuningdek, maxsus loyihalash-konstruktorlik
byurosi ham tashkil qilindi va bu byuro turli maqsadlarga moʻljallangan
avtomatlashtirilgan tizimlar va dasturiy texnik komplekslarni ishlab chiqish bilan
shugʻullandi.