Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Dasturlash tili - 
bu
 
kompyuter dasturlarini ifodalash uchun moʻljallangan 
rasmiy tildir.
Akademik A. E. Yershov esa dasturlash tilini algoritmik til bilan bir xil 
tushuncha deb qarab, quyidagicha ta’vsiflaydi:
Algoritmik til 
deb algoritmlarni ijrochiga tushunarli va bir xil koʻrinishda 
ifodalash uchun zarur boʻlgan belgilar va qonun-qoidalar majmuasiga aytiladi 
[III.22].
Sodda qilib aytganda
dasturlash tili Ijrochi (odatda kompyuter nazarda 
tutiladi) tomonidan bajarilishi nazarda tutilgan buyruqlarni yozish jarayonida 
foydalanish mumkin boʻlgan leksik, sintaktik va semantik belgi va qoidalarni 
qamrab oladi.
Amalda foydalanish va ishlash tamoyillariga koʻra dasturlash tillarini ikki 
guruhga ajratiladi: 
a)
quyi darajali dasturlash tillari;
 
b)
yuqori darajali dasturlash tillari.
 
Quyi darajali dasturlash tillari ma’lum bir protsessorning ishlash prinsiplari, 
xotira registrlari, ma’lumotlarni ifodalash usullari, qoʻllanayotgan sanoq sistemasi 
kabi xususiyatlarga asoslangan boʻlib, bir belgili koddan bitta buyruq hosil boʻladi. 
Bunday dasturlash tillari har bir rusumdagi hisoblash mashinasi uchun alohida 
ishlab chiqiladi. Namuna qilib ASSEMBLER tilini olish mumkin. 
Yuqori darajali dasturlash tillari esa dasturlarni ham kompyuterga, ham
insonga tushunarli boʻlgan koʻrinishda ishlab chiqishga imkon beradi va
kompyuter tizimidagi oʻziga xosliklar hisobga olinmaydi. Bu tillar dasturlarni 
ishlab chiqish tez, qulay va xatolarsiz ishlab chiqishga imkon beradi. FORTRAN, 
BASIC, PASCAL, CI kabi dasturlash tillari yuqori darajali hisoblanadi.


36 
Bu dasturlash tillari quyidagi uchta muhim xususiyatga ega boʻlgan 
abstraksiyalash mexanizmidan foydalanadi: 
• dasturlash tillarida parametrlarni uzatish mexanizmlari paydo boʻldi; 
• strukturali dasturlash asoslariga poydevor qoʻyildi va unda 
komponentalarning ta’sir doirasini (koʻrinish sohalarini) chegaralashni nazarda 
tutgan holda qism dasturlarni ichma-ich joylashtirish oʻz aksini topdi; 
• katta dasturiy sistemalarni qism dasturlar asosida, tuzilmalar shaklida 
tashkil qilish uslublari ishlab chiqildi. 
Shunday qilib, dasturlash tillari oʻzlarida bilimlarni kompyuter tizimlari 
uchun ifodalashning muayyan usullarini mujassamlashtuvchi vosita boʻlib xizmat 
qiladi. Ular konkret masalani yechish uchun moʻljallangan ifodalash va modellash 
jarayoniga yondoshuv vositalarini taqdim etadi. Dasturlash tillari masala qoʻyilgan 
tabiiy til hamda ma’lumotlarni kompyuter uchun tushunarli koʻrinishda ifodalash 
uchun zarur boʻlgan til oʻrtasidagi “semantik farq” larni kamaytirishga intilish 
konsepsiyasi asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bunday konsepsiyalarning 
koʻpligi xilma-xil dasturlash paradigmalarini yuzaga keltirmoqda.
Dasturlash tillarining rivojlanish tendensiyalarida quyidagi ikki yoʻnalish 
muhim anamiyat kasb etadi:
• alohida amallarni dasturlashdan yirikroq komponentalarni dasturlashga 
oʻtilishi; 
• yuqori bosqichli dasturlash tillarining rivojlanishi va mukammallashuvi.
Bugungi kunda har yoʻnalish ikki bir-birini rekursiv ravishda toʻldirib, 
dasturlashning yangidan-yangi paradigmalarini yuzaga keltirmoqda. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin