Oʻzbekistonda IT sanoati sohasida erishilgan koʻrsatkichlar
3-jadval
Yillar
2016 y.
2017 y.
2018 y.
2019 y.
2020 y.
“Axborot va aloqa» sohasining yalpi
qoʻshimcha qiymati
(trln soʻm)
4,4
5,7
7,0
7,4
8,8
“Axborot
va
aloqa»
sohasida
koʻrsatilgan xizmatlar
(trln soʻm)
6,3
8,2
10,3
10,9
12,9
“Axborot va aloqa» sohasiga kiritilgan
investisiyalar
(trln soʻm)
1,2
1,9
0,9
2,1
4,8
“Axborot va aloqa» sohasiga chetdan
kiritilgan investisiyalar
(trln soʻm)
0,8
1,5
0,5
1,2
2,0
Optik tolali aloqa liniyalar uzunligi
(ming km.)
17,9
20,3
26,6
36,6
68,6
Mobil aloqa bazaviy stansiyalari soni
(ming dona)
17,7
20,0
24,1
26,1
31,7
Mobil aloqa abonentlari
(mln kishi)
20,6
21,4
22,8
23,6
25,4
internet foydalanuvchilari
(mln kishi)
12,1
14,7
20,0
22,0
22,5
Xalqaro tarmoqning oʻtkazish qobiliyati
(Gbit/sek)
54,98
110,0
1200
1200
1200
Provayderler uchun internet-xizmatlari
tarifi bahosi
(1 mbit/sek uchun dollarda)
91,5
30,3
10,1
5,9
4,3
Keng tarmoqli internet tezligi
(mbit/sek)
10,11
22,49
36,85
Mobil internet tezligi
(mbit/sek)
9,97
9,51
13,89
Oʻzbekistonning xalqaro IT-sanoatidagi oʻrni.
1.4-jadval.
sohalar boʻyicha
umumiy oʻrin
Telekommunikatsiya
infratuzilmalari boʻyicha (100
kishidan internet foydalanuchilari ulishi)
1
0,472
AKT ning rivojlanganlik indeksi
176
95 (4,9)
12
Kiberxavfsizlik global indeksi
175 (1)
52 (0,66)
Mobil aloqa indeksi (mobil internet foydalanuvchilari)
170
124
Elektron hukumatning rivojlanganlik darajasi indeksi
193 (1)
87 (0,67)
2020-yil 5-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga
oshirish chora-tadbirlari toʻg‘risida” Farmoni [I.2] e’lon qilindi. Unda ta’kidlani-
shicha, “mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar
va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq
xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron
hukumat
tizimini
takomillashtirish,
dasturiy
mahsulotlar
va
axborot
texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha
hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan
ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish
boshlangan.”hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali
kadrlar bilan ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga
oshirish boshlangan.”
Farmonda
2020−2022-yillarda
hudud
va
tarmoqlarni
raqamli
transformatsiya qilish dasturlari jadvali keltirilgan. Shuningdek, unda 587 ming
nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming
nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuterda dasturlash asoslariga oʻqitish
koʻrsatib qoʻyilgan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi
korxonalarda
boshqaruv,
ishlab
chiqarish
va
logistika
jarayonlarini
avtomatlashtirish boʻyicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar
joriy etilishi alohida belgilab qoʻyilgan.
Mazkur Farmonda “dasturiy mahsulot” jumlasining 195 oʻrinda tilga olinishi
ham respublikamizda iqtisodiy rivojlanish strategiyasining dasturiy mahsulotlarni
ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etilishi bilan chambarchas bogʻliq ekanligiga
ishora qiladi.
13
Farmonning ijrosi kelajakda Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida
muhim ahamiyat kasb etishini “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan yangi
Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-60 sonli Farmonida [I.1] bir necha bor ta’kidlab oʻtilgan. 7 ta
bob va 100 ta maqsadni oʻz ichiga olgan mazkur strategiyad dastur ishlab chiqish
bilan bogʻliq masalalar 9 joyda tilga olingan. Xususan, Farmonda dasturlash
sanoati bilan bogʻliq quyidagi vazifalar alohida ta’kidlab oʻtilgan:
raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini
kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish (25-maqsad) doirasida
dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10
baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish;
turizm,
transport,
axborot-kommunikatsiya,
jumladan
dasturiy
ta’minotlar va boshqa xizmatlar eksportini 1,7 baravarga oshirish yoki 4,3 milliard
AQSh dollariga yetkazish (28-maqsad);
axborot texnologiyalari sohasida, shu jumladan, dasturiy mahsulotlar
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
viloyatlarda
raqamli
texnologiyalarga
ixtisoslashtirilgan
alohida
zamonaviy talablarga javob beradigan axborot texnologiyalari sohasida ta’limdan
ishlab chiqarishgacha boʻlgan yaxlit zanjir yaratishni koʻzda tutuvchi IT-klasterlar
faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
elektron birja savdo tizimi boʻyicha aniq mezonlarni belgilash (dasturiy
ta’minot shaffofligi, axborot xavfsizligini ta’minlash, ma’lumotlarni qayta ishlash
boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi va hokazo).
Dasturlash tillarini oʻqitish sohasidagi ishlarni samarali tashkil qilish va
takomillashtirish uchun “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan
integratsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori [I.3] ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 — 2023 yillarda respublikamiz va
xususan, Namangan viloyatining tuman (shahar) markazlarida informatika va
axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni
14
bosqichma-bosqich
tashkil
etish
rejasi
ishlab
chiqilgan.
Unga
koʻra
respublikamizda ja’mi 205, 2021/2022 oʻquv yillarida 82 ta, 2022/2023 oʻquv
yillarida 64 ta, 2023/2024 oʻquv yilida esa 45 ta informatika va axborot
texnologiyalarini
chuqurlashtirib oʻqitishga
ixtisoslashtirilgan
maktablarni
bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan. Bu koʻrsatkich Namangan viloyati
uchun mos ravishda 5, 4 va 3 tani tashkil qiladi. Ushbu Farmonda quyidagi
muammolarga alohida e’tibor qaratilgan:
pespublika mehnat bozorini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash
ishlarini kuchaytirish;
axborot texnologiyalari sohasidagi oʻquv dasturlari va uslublarini
takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan oʻzaro
hamkorligini kuchaytirish;
oʻquvchilarning ijodiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish, shu
jumladan “Bir million dasturchi” loyihasini maktab oʻquv dasturlariga integratsiya
qilish orqali oʻquvchilarga axborot texnologiyalari va kompyuterda dasturlash
asoslarining chuqur oʻrgatilishini tashkil etish;
oʻquvchilarni oʻqitish va bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini
joriy qilish, shu jumladan raqamli oʻquv vositalari va masofaviy ta’lim shaklini
keng qoʻllash, shuningdek, ta’lim jarayonini umumiy kasb mahoratini
shakllantirishga yoʻnaltirilgan fanlararo modullardan foydalangan holda tashkil
etish.
Shuningdek, mazkur Farmonda Oliy ta’lim muassasalari uchun quyidagi
masalalar qat’iy belgilab berilgan:
oliy ta’lim muassasalari — oʻquv jarayonini uslubiy qoʻllab-quvvatlaydi,
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga
jalb etadi, mahorat darslari va toʻgaraklarni tashkil etadi.
oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli oliy ta’lim
muassasalari rektorlari — oʻrta maxsus, professional ta’lim muassasalarida,
15
faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini samarali oʻqitishni va ularga
oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatishni muvofiqlashtiradi;
innovatsion
rivojlanish
vazirligi,
axborot
texnologiyalari
va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli ilmiy va oliy ta’lim
muassasalari
rahbarlari
tomonidan
yoshlarni
informatika
va
axborot
texnologiyalari sohasida ilmiy-tadqiqotga jalb qilish va olimlarni rag‘batlantirish,
ularning ishlab chiqarish tarmoqlarida mavjud muammolarning ilmiy yechimiga
qaratilgan dasturiy mahsulotlarni yaratishiga koʻmaklashish yuzasidan tizimli va
keng qamrovli ishlarni tashkil qilinadi.
2023 yil 24 mayda Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Raqamli
xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli
transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-162-sonli qarori [I.9]
qabul qilindi. Unda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan
foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash,
byurokratik
tartibotlarni
qisqartirish,
shuningdek,
davlat
boshqaruvi,
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda hududlarni raqamli transformatsiya
qilish maqsadida «Raqamli hukumat» va «Raqamli hudud» dasturlari doirasida
2023-2024 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan 300 ta ustuvor loyihalar
ilgari surilgan. Bu loyihalarning 112 tasi - davlat boshqaruvini raqamlashtirish, 51
tasi iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirish, 137 tasi hududlarni
raqamli transformatsiya qilish muammolariga bagʻishlangan. Shuningdek, 2023 yil
yakuniga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida koʻrsatilayotgan
xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida joriy etiladigan yangi 95 ta xizmat va
servislar roʼyxati ishlab chiqilgan.
Yuqorida keltirilgan Farmon va qarorlardan koʻrinib turibdiki, ularning har
birining zaminida yangi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq
etish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda va hattoki, ularni “taraqqiyot
drayveriga aylanadi” deb e’tirof etilmoqda. Bu holat Oliy oʻquv yurtlarining
dasturchi mutaxassislarni tayyorlash hamda IT-sanoati bilan bogʻliq boshqa
16
yoʻnalishlarida oʻqitishning mazmun va shakllarini tanqidiy nuqtai-nazardan qayta
tahlil qilish va bu tahlillar asosida ta’lim jarayonini zamonaviy usul va shakllarda
tashkil qilishni talab qiladi. Mazkur masalani oʻqitishning yangi mazmuni, shakli,
usuli, uslubiyoti va vositalarini ishlab chiqish va amaliyotda joriy qilish orqaligina
hal qilish mumkinligi hammaga ayon.
Ma’lumki, bugungi kunda dasturchilarning sayi-harakatlari bilan katta hajm
va mazmundagi masalalar uchun kompyuter yoki mobil aloqa vositalarida
foydalanishga moʻljallangan dasturiy ta’minotlar ishlab chiqiligan. Ammo,
kompyuter yordamida hal qilinishini kutayotgan masalalar ham anchagina. Bunday
masalalarni hal qilishga moʻjallangan dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish
faoliyatini shartli ravishda uchta yoʻnalishga ajratish mumkin:
1) yangi masalalar uchun dasturiy ta’minot yaratish. Bu oʻrinda aqlli
texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron tizimlari, robototexnika, timsollarni tanib
olish, kompyuter lingvistikasi, ofislarda ish yuritish, kompyuter tarmoqlari kabi
koʻplab sohalarda dasturchilar uchun masalalar yetarli;
2) mavjud dasturiy ta’minotlarni modernizatsiyalash. Bu yoʻnalish amalda
foydalanilayotgan “eski” dasturiy ta’minotlarni (masalan; kadrlar boʻlimi, IC,
ombor va h.k.) yangi qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida zamonaviy
kompyuterlar uchun yangi tahrirda ishlab chiqishni qamrab oladi;
3) dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish. Bu yoʻnalish
dasturchilar uchun qulay, keng imkoniyatli va muayyan sohalarda qoʻllashga
moʻljallangan yangi dasturlash tillarini ishlab chiqish, dasturlashning zamonaviy
paradigma va usullarini joriy qilish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonini
osonlashtirish, tezlashtirish, tannarxini pasaytirish, dasturchlik amaliyotida
toʻplangan boy tajribalarni qayta qoʻllash imkoniyatlarini taqdim etish kabi
muammolarni qamrab oladi.
Qolaversa, bu masalalar uchun nozik didli foydalanuvchilarning talab, istak
va ehtiyojlarini qonidira oladigan, foydalanish uchun qulay interfeysga ega boʻlgan
dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish dasturchilar oldida turgan eng muhim
masalalardan biri hisoblanadi.
17
Oliy oʻquv yurtlaridagi ta’lim tizimi oldiga aynan ana shunday dasturchilarni
tayyorlash vazifasi qoʻyilgan. Bu masalani samarali hal qilishda oʻqitish uchun
qaysi dasturlash tilini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning fikrimizcha,
oʻqitish uchun tanlanadigan dasturlash tili quyidagi talablarga javob berishi lozim:
katta hajmli, turli shakl va mazmundagi masalalarni oson dasturlashga
imkon berishi;
dasturchilar uchun ilovalar ishlab chiqish jarayoni uchun zarur va qulay
imkoniyatlarni taqdim eta olishi;
keng qamrovli masalalar uchun ilovalar ishlab chiqish imkoniyatining
mavjudligi;
dasturchilik amaliyotida toʻplangan modul yoki komponentalar
shaklidagi boy tajribalarni yangi masalalar uchun qayta qoʻllash mumkinligi;
oʻrganish va oʻrgatishning oson boʻlishi.
Oʻrgatish va oʻrganish uchun eng zamonaviy dasturlash tillarini koʻr-
koʻrona tanlab olish toʻgʻri emas. Tarixda oʻz oʻrnini topa olmay, yoʻq boʻlib
ketgan dasturlash tillari talaygina. Bizning nazarimizda, Oliy oʻquv yurtlarida
oʻqitish uchun tanlab olinadigan tillar quiydagi talablarga javob berishi lozim:
amaliy tajribalardan oʻtgan;
amaliyotda keng qoʻllana boshlagan;
ilgʻor dasturchi va pedagog mutaxassislarning ijobiy xulosalariga ega;
oʻrganish va oʻrgatish uchun oʻquv-uslubiy adabiyotlar yetarli;
imkoniyatli yetarlicha katta;
zamonaviy texnik va dasturiy texnologiyalari bilan ishlay oladigan;
dasturchilar uchun qulay;
komponenta va modullarni qayta qoʻllash imkoniyati mavjud.
Tadqiqotlar koʻrsatishucha, Python dasturlash tili ana shunday talablarga
mos keladi va shu sababli, uni Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish tavsiya qilinadi. Bu til
taxminan 30 yillar avval paydo boʻlgan boʻlsada, keying yillarda eng ommabop
dasturlash tillari oʻnligidan joy olib kelgan. Shuni alohida taʻkidlash joizki, Python
18
tili 2021 yilda dasturchilar oʻrtasida talab va foydalanish jihatidan jahonda 1-
oʻringa chiqqan [IV.28].
Yangi dasturlash tillarini oʻqitishda ularga bagʻishlangan oʻquv-uslubiy
adabiyotlarning kamligi asosiy muammolardan biri sanaladi. Tahlillar shuni
koʻrsatadiki, odatda bunday adabiyotlar professional dasturchilar tomonidan ishlab
chiqiladi. Ular asosiy e’tibor dasturlash tili imkoniyatlarini ochib berishga
qaratilgani holda, oʻqitish uslubiyoti mualliflar nazaridan chetda qoladi va bu holat
dasturlash tillarini oʻrganish jarayoniga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Bu muammoning
oldini olish uchun uslubchi pedagog-olimlar tomonidan yangi oʻquv-uslubiy
adabiyotlar ishlab chiqish talab qilinadi. N. Virtning afsus bilan ta’kidlashiga
koʻra, dasturlash tillarini toʻla yorita oladigan bunday adabiyotlar hozircha
yaratilgani yoʻq va yaratishning iloji ham yoʻq [III.15]. Chunki, to ma’lum bir
uslubiyot asosida darslik yoki qoʻllanmalarni ishlab chiqib, ta’lim tizimiga joriy
qilinguncha raqobatchilar bilan kurashda ortda qolmaslik uchun dasturlash tillarini
ishlab chiquvchi kompaniyalar tomonidan mavjud dasturlash tillarining yanada
mukammal versiyalarini yoki butunlay yangi tillarni ishlab chiqishga ulguryaptilar.
Orada oʻtgan vaqt mobaynida mavjud oʻquv-uslubiy adabiyotlar ma’naviy eskirib,
oʻz ahamiyatini yoʻqotishga ulguradi.
Ming afsus bilan ta’kidlash joizki, bu muammolar Python dasturlash tiliga
ham tegishli. Asosiy muammolardan biri shuki, bu tilni Oliy oʻquv yurtlarida
oʻqitish uchun milliy alifbodagi oʻquv-uslubiy adabiyotlar yetarli emas.
Ma’lumki, Oliy oʻquv yurtlarida dasturlashning yangi til va
texnologiyalarining joriy qilinishi tegishli mutaxassisliklar uchun moʻljallangan
huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda bakalavr va magistrlarning tayyorgarlik
darajalariga qoʻyiladigan talablarning oʻzgarishiga olib keladi. Bu esa oʻz
navbatida talabalarga dasturlash tillarini oʻqitish uchun innovatsion uslubiyot va
texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishni taqozo etadi.
Yangi paradigmalarga muvofiq ravishda, ta’lim jarayoni oʻzining asosiy
maqsadiga talaba tomonidan yangi bilimlarni iloji boricha toʻlaroq oʻzlashtirilishi
uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud boʻlgandagina erisha oladi. Buning uchun
19
zamonaviy dasturlash paradigmalarini ham qayta tahlil qilib, ular orasidan
dasturlash jarayonini tezlashtirish va optimallashtirishga imkon beradiganlarini
ta’lim jarayoniga olib kirishga toʻgʻri keladi. Lekin, bundan oldin talabalar biror
dastur lash tilini ham oʻrgangan boʻlishlari maqsadga muvofiq sanaladi. Shundan
kelib chiqqan holda, Oliy oʻquv yurtlarida dasturchilik bilan bogʻliq bakalavr
yoʻnalishlarida turli maqsadlar uchun xizmat qiladigan bir nechta dasturlash
tillarini oʻqitish tavsiya etiladi. Ulardan biri talabalarda algoritmlar ishlab chiqish
boʻyicha koʻnikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qilishi lozim. Bu
holat boshqa dasturlash tillarini oson oʻzlashtirish yoʻlida muhim poydevor boʻlib
hisoblanadi. Amaliyotda foydalanish uchun dasturlash tilini tanlash huquqini
zarurat va ehtiyojning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
talabalarning oʻzlariga havola qilinadi.
Yuqoridagi mulohazalarni e’tiborga olib, quyi kurslar uchun C++ yoki C#,
yuqori kurslarda esa mutaxassislik yoki tanlov fanlaridan biri doirasida Python
dasturlash tilini oʻqitish tavsiya etiladi.
Ta’lim tizimiga olib kiriladigan zamonaviy dasturlash tili va paradigmalarini
oʻqitish jarayonida bir qator muammolar yuzaga keladi. Bu muammolarni samarali
hal qilish jarayoni quyidagi masalalar bilan chambarchas bogʻliq hisoblanadi:
oʻqitish uchun tanlab olinadigan yangi dasturlash tillari ta’lim tizimi
oldiga qoʻyilgan maqsadlarga qay darajada muvofiq kelishini aniqlash;
oʻqitish uchun tanlab olinadigan yangi dasturlash tillari imkonyatlarining
tahlil qilinganlik darajasi;
oʻqitish uchun dasturlash tillari mazmunining toʻgʻri begilab olish;
dasturlash tillarini oʻqitish uchun uslubiy jihatdan puxta didaktik
materiallarni ishlab chiqish va ularni bosma yoki elektron shakllarda koʻpaytirish;
ta’lim jaraoniga olib kiriladigan zamonaviy dasturlash til va
paradigmalarini innovatsion texnologiyalarga asoslangan oʻqitish uslubiyotini
ishlab chiqish;
tezkorlik bilan oʻqitish uchun tanlab olingan dasturlash tillari boʻyicha
20
oʻqituvchilar malakasini oshirishning tezkor kurslarini tashkil qilish;
ta’lim jarayonini jadallashtirish va takomillashtish uchun oʻqitishning
zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni tatbiq etishning samara va
imkoniyatlarini uslubiy jihatlarini oʻrganish;
oʻqitish uslubiyotiga ta’lim jarayonini tashkil qilishning dasturiy,
masofaviy, individual va mustaqil shakllarini ustuvor deb qarab, ulardan
foydalanish yoʻl-yoʻriqlarini ishlab chiqish.
Dostları ilə paylaş: |