58
1.3.1-rasm. Dasturlash tillarini ustuvor paradigmalariga koʻra sinflashtirish.
ma’lumotlarni ifodalash, saqlash va qayta ishlash usullari;
ma’lumotlarni abstraksiyalarga ajratish shakllari;
bazaviy dasturiy birliklari;
hisoblash jarayonini tashkil qilish modellari;
ma’lumotlarni ifodalash tuzilmalari;
dastur ishlab chiqish jarayonini boshqaruv mexanizmlari;
dasturchilar uchun taqdim etadigan qulayliklari;
qoʻllanish sohalari va amaliy masalalar sinfi;
ilovalarni ishlab chiqish jarayoniga yondoshuv usullari.
Zamonaviy dasturlash tillarining koʻpchiligi
turli-tuman dasturlash
paradigmalarini qoʻllab-quvvatlasada, ularning har biri uchun paradigmalarning
muayyan bir turi ustuvor hisoblanadi. Bu holat dasturlash tillarini ustuvor
paradigmalariga koʻra sinflarga ajratish imkonini beradi. Bizning fikrimizcha,
mavjud dasturlash tillarini quyidagi paradigmalar asosida
sinflashtirish maqsadga
muvofiq boʻladi (1.3.1-rasm):
Dostları ilə paylaş: