Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Imperativ (prosedurali) paradigma



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Imperativ (prosedurali) paradigma
– oʻzgaruvchilardan keng 
foydalangan holda dasturni buyruqlar ketma

ketligi shaklida yozish usuli. Bunda 
dasturning buyruqlari koʻrsatilgan ketma

ketlikda bajariladi. Prosedurali 
paradigma XX asrning 50-yillarida ishlab chiqilgan boʻlsada, dasturlash 
amaliyotida bugungi kunda ham eng ustuvor paradigmalardan biri sanaladi. 


59 
BASIC, PASCAL, C, FORTRAN kabi dasturlash tillari imperativ hisoblanadi. 
Zamonaviy PYTHON, JAVASCRIPT, JAVA, C#, PERL, PHP, GO kabi 
dasturlash tillari ham mazkur paradigmani qoʻllab-quvvatlaydi. 
Funksional paradigma
– hisoblash natijalarini boshqa ishlarda foydalanish 
uchun hisoblash usuli. Odatda, rekursiyaga asoslanadigan bu paradigmaga namuna 
sifatida lyambda-funksiyalarni koʻrsatish mumkin. Barcha hisoblash ishlari ifoda 
qiymatini aniqlaydi yoki koʻrsatilgan funksiyalarga murojaat qiladi. LISP, ISWIM, 
ALGOL-60, HASKELL, OCAML kabi dasturlash tili funksional paradigmalarga 
asoslanadi. Shuningdek, PYTHON, RYBI, JAVASCRIPT, JAVA kabi zamonaviy 
dasturlash tillari ham bu paradigmani qoʻllab-quvvatlaydi.
Funksional paradigma algebraik formulalar boʻyicha hisoblash ishlarini 
samarali tashkil qilishga urinish natijasida yuzaga kelgan. Odatda, funksional 
dasturlar oʻzaro bogʻlangan rekursiv funksiyalardan tashkil topadi. Har bir 
funksiya berilgan argumentlarga koʻra, muayyan ifoda qiymatini hisoblaydi.
Modulli paradigma
– bu dasturlarni tuzilmasi va hulqi ma’lum bir 
qoidalarga boʻysinuvchi va modullar deb ataluvchi unchalik katta boʻlmagan erkin 
bloklar majmuasi sifatida ishlab chiqish usulidir. Bu paradigma dasturni testdan 
oʻtkazish hamda hatoliklarni bartaraf etish jarayonini tez, qulay va oson boʻishiga 
yordam beradi. Masalalarni dasturiy blok yoki tayyor andoza sifatida alohida va 
mustaqil qismlarga ajratilishi modullarning yangi masalalar uchun koʻchuvchanlik 
imkonini oshiradi.
Modul – bu alohida masala uchun tashkil qilingan va tugallangan funksional 
dastur hisoblanadi. Umumiy dastur asosiy masalaning ostmasalalari uchun 
qurilgan modullar kombinatsiyasi shaklida ishlab chiqiladi. ASSEMBLER, 
ФОРТРАН, HASKELL, BLITZ BASIC, OCAML, ПАСКАЛЬ, ML, МОДУЛА-
2, ОБЕРОН, PERL, PYTHON, RUBY kabi dasturlash tillari modulli paradigma 
asosida dastur ishlab chiqishga imkon beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin