66
muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Boʻlajak mutaxassislarga dasturlash paradigmalarini oʻqitish jarayonida
quyidagi ta’limiy maqsadlar koʻzda tutiladi:
axborotlarni kompyuter yordamida yigʻish, saqlash, qayta ishlash va
uzatish boʻyicha tasavvurlarini kengaytirish;
dasturiy vositalarni ishlab chiqish usullarini oʻrganish;
turli dasturlash tillari va paradigmalari bilan tanishish;
masalalarni tarkibiy qismlarga toʻgʻri
ajratish va ularga mos
paradigmalarni tanlash;
ma’lumotlarni tashkil qilish shakllarini oʻzlashtirish;
algoritmlarni ishlab chiqish;
algorimtlar samaradorligi va murakkablik darajasini baholash.
Dasturlash paradigmalarini chuqur oʻzlashtirish ta’limning quyidagi
rivojlantiruvchi maqsadlariga erishishga koʻmak beradi:
mantiqiy fikrlash;
xotirani kuchaytirish;
ma’lumotlarni toʻgʻri umumlashtirish;
toʻgʻri xulosa chiqarish;
asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni ajratish;
qiyoslash, umumlashtirish, tahlil qilish;
oʻz faoliyatini reja asosida tashkil qilish;
omillarni aniqlash, jarayon va hodisalarni qurish;
natijalarni oldindan bashorat qilish;
tizimli fikrlash;
kuzatuvchanlik;
algoritmik dunyoqarash.
Dasturlashning turli paradigmalarini o’rganish dasturchilarda quyidagi
tarbiyaviy sifatlarning shakllanishiga koʻmak beradi:
oʻz hatti-harakatlarini rejalar asosda qurish;
67
faoliyatini samarali tashkil qilish;
burch, mas’uliyat va
javobgarlikni his qilish;
tejamkorlik;
boshqaruvchilik;
hissiyotlarni boshqarishga oʻrganish;
vaqtni boʻsh oʻtkazmaslik;
ijrochilik;
sof vijdonlilik.
Shunday qilib, dasturlash tillarini oʻqitish sohasi turli dasturlash
paradigmalarini qamrab olishi zarur. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqitish uchun
qoʻllanish sohalari bir-biriga oʻxshab ketadigan bir necha oʻnlab zamonaviy
dasturlash tillari orasidan asosiysini tanlab olish mushkul vazifa. Bu muammo
yangi dasturlash tilini amaliyotga tatbiq etish uchun taklif qilinadigan shariotlarda
yanada murakkablashadi. Hamma dasturlash tillarini oʻqitishning esa iloji yoʻq.
Oʻqitish uchun dasturlash tilini tanlashda shuni ham eʻtiborga olish lozimki,
bu tillarning hayotiy sikli (“umri”) odatda 15-20 yil, kamdan-kam hollarda 40 yil
(PASKAL, BASIC tillari) atrofida boʻlishi mumkin.
Shu davrdan keyin bu
dasturlash tili bilan faqat “ashaddiy ishqibozlar” gina ishlashni davom ettishlari
mumkin holos. Boshqa dasturchilar tabiiy ravishda yangi va zamonaviy dasturlash
tillari bilan ishlashga oʻtadilar. Bu tillar raqobatchi kompaniyalar tomonidan
avvalgi dasturlash tillarga xos boʻlgan eng yaxshi afzalliklarini saqlab qolgan
holda yangi imkoniyatlar bilan boyitish evaziga ishlab chiqiladi. Demak, bugungi
kunda eng dolzarb boʻlib turgan predmetga yoʻnalganlik tamoyili navbatdagi
dasturlash tillarida oʻz aksini topadi va bu holat zarur boʻlganda yangi dasturlash
tillariga moslashish jarayonini osonlashtiradi.
Shuni ta’kidlash joizki, dasturlash tillarining
jadallik bilan rivojlanishi,
oʻziga xos xususiyatlari hamda oʻrtasidagi tafovutlari hammabop umumiy
dasturlash tilini ishlab chiqishga undadi, ammo bu muammo hozircha toʻliq
ma’noda hal qilinganicha yoʻq. Aynan shu sababli, “Qaysi dasturlash tilini
68
oʻrgatish va oʻrganish kerak? degan savol hali ham ochiq qolmoqda.
Hozirgacha amaliyotda qoʻllanilayotgan dasturlash tillarini bir soʻz
bilan
“proseduraviy yoki algoritmik” deb atash mumkin. Bunday dasturlash tillarida
masala yechimiga qanday ketma
‑
ketlikda erishsish mumkinligi maxsus buyruqlar
yordamida koʻrsatib qoʻyiladi.
G. P. Averyanov oʻzining “Zamonaviy informatika” [III.2] kitobida
zamonaviy dasturlash tillari haqida quyidagi fikrlarni ilgari suradi: “Dasturlashning
yanada yuqoriroq bosqichlariga koʻtarishga boʻlgan intilish noproseduraviy yoki
tavsiflanuvchan dasturlash tillarining shakllanishiga sabab boʻlmoqda. Bu tillarni
“oʻta yuqori darajali” dasturlash tillari deb atash
mumkin va ular tobora katta
ahamiyat kasb etib bormoqda. Tavsiflovchi dasturlarda qanday natija
kutilayonganligi belgilab qoʻyiladi. Natijaga qanday usul bilan erishishning qizigʻi
yoʻq. Bunday dasturlarda hisoblashlar ketma
‑
ketligi emas, balki ma’lumotlar
oʻrtasidagi munosabatlar tavsiflanadi. Shunday qilib, dasturchi masalani hal qilish
algoritmini (amallar ketma
‑
ketligini) ishlab chiqish majburiyatidan xalos boʻladi”.
Bu mulohazalar muallifning fikrlarida oshkor koʻrsatilmagan boʻlsada, aynan
predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillariga taalluqli hisoblanadi.
Barcha paradigmalarni qamrab oluvchi dasturlash tili mavjud boʻlmagani
uchun, fan va jamiyatning ehtiyojlari hamda boʻlajak mutaxassislarning
tayyorgarlik darajalariga qoʻyiladigan talablardan
kelib chiqqan holda, imkon
qadar koʻproq jahon dasturchilari oʻrtasida ma’lum bir mavqega ega boʻlgan
zamonaviy dasturlash tillarini oʻrgatish tavsiya qilinadi. Agar mutaxassislik
malakaviy talab va standartlarida bitta dasturlash tilini oʻqitish rejalashtirilgan
boʻlsa, u holda iloji boricha koʻproq dasturlash paradigmalarini oʻzida
mujassamlashtirgan dasturlash tilini (masalan, Python tilini) oʻqitish lozim.
Dasturlash fan, sanʻat va texnologiya sifatida dasturiy mahsulotlarni ishlab
chiqish jarayoni va amalda foydalanish shart-sharoitlarini oʻrganadi, vosita va
usullarini belgilab beradi. Bu borada toʻplangan ma’lumotlar dasturlashning yangi
paradigmalarini ichlab chiqish uchun mustahkam zamin boʻlib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: