1. Kapital xarajatlar
va ularni turkumlash
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari juda kо‘p masalalarni
hal qilish uchun
talab qilinadi va shuning uchun ushbu ma’lumotlarning ta’sirchan turkumlash va
tartibga solish tizimini ishlab chiqish zarurdir.
Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat
bо‘lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va
ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim bо‘ladi.
Korxonaning ishlab
chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab va
realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarga yoki davr xarajatlariga aytiladi. Ularga
xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi,
ishchi - xizmatchilarga ish
haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi.
Tannarx kо‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. U qancha past bо‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori
bо‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qо‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari
boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari
qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari
bо‘yicha
ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot
turlari bо‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish
hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish
va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir
va shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini hisoblash hamda
korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni о‘rnatishdir.
Xarajatlar hisobi tizimi ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni
asosan ikki harakat yoki maqsadda yig‘ib boradi. Birinchidan xarajatlarni ma’lum
bir kategoriyalarga, masalan, material xarajatlar, mehnat xarajatlar, ustama
xarajatlar yoki о‘zgaruvchan va о‘zgarmas kabilarga turkumlash orqali yig‘adi.
Ikkinchidan, xarajatlar hisob yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yо‘nalishlari uchta yirik toifaga bо‘linadi:
zaxiralarni baholash uchun xarajatlar haqidagi ma’lumotlar;
qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar
haqidagi axborot;
nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Birinchi hisob yо‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi.
Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xom ashyo, materiallar
kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mо‘ljallangan
tovarlar, ishlab chiqarilgan
mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya hisobi uchun
muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida
ularni hisobga olish uchun ularning qiymat о‘lchovlarini aniqlash, ya’ni
baholash
talab etilishi hammaga ma’lum, deb о‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda,
ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bо‘yicha amalga oshiriladi.
Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos
bо‘lib xizmat qiladi. Bu о‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini
talab qiladi.
Ikkinchi hisob yо‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan
foydalanish
xarajatlarini
keltirishimiz
mumkin.
Bunday ma’lumot
taklif
qilinayotgan stanok bо‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli
qaror qabul qilish uchun zarurdir.
Uchinchi hisob yо‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish
uchun biror bir bо‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday
ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni
nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi.
Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yо‘nalishi
doirasida xa-
rajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida kо‘rib
chiqishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: