R
h
= R
n
+ O
n
bu erda: R
h
– haqiqiy xarajatlar; R
n
– normativ xarajatlar; O
n
– normadan
chetlanishlar
Normativlarning о‘zgarishi natijasida haqiqiy xarajatlar formulasi quyidagi
kо‘rinishda bо‘ladi:
R
h
= (R
n
± ∆R
о‘z
) ± ∆R
chet
bu erda: ∆R
о‘z
– о‘zgargan summa; ∆R
chet
– chetlanishlar summasi
Xarajatlarning normativ usulini qо‘llash chetlanishlarni batafsil tahlil qilish
imkoniyatini beradi. Masalan, har bir javobgarlik markazi uchun xarajat elemntlari
(materiallar, mehnat, ustama xarajatlar) bо‘yicha chetlanishlarni aniqlash mumkin,
sо‘ngra har bir xarajat elementlarini resurslar sraflanishi, bahosi bо‘yicha tahlil
etish mumkin. Bunda buxgalter chetlanishlarni aniqlashda menejerga yordam
beradi, menejer esa о‘z navbatida ularning sodir bо‘lish sabablari bо‘yicha zaruriy
qarorlar qabul qiladi. Agar chetlanishlarning sababi tashqi omillar ta’sirida sodir
bо‘lgan bо‘lsa, normativlarni qayta kо‘rib chiqish lozim bо‘ladi.
kapital xarajatlarni hisobga olishdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat
bо‘lishi maqsadga muvofiqdir:
kapital investitsiyalar ob’ekti va turlari bо‘yicha haqiqiy bajarilgan ishlar
xarajatlarini о‘z vaqtida, tо‘liq va ishonchli hisobga olish;
13
Пизенгольц М .З. О содержании управленческого учета // Бухгалтерский учет, октябрь, 2000. № 19. 84 с.
14
Hasanov B.A., Xashimov A.A. Boshqaruv hisobi: Darslik. – T.: Iqtisod va moliya, 2005. 72-73 b.
15
Ивашкевич В.Б. Бухгалтерский управленческий учет: Учебник для вузов. М .: Юристъ, 2003. 293 с.
kapital investitsiyalarni dastlabki va yig‘ma hujjatlarda belgilangan tartibga
muvofiq rasmiylashtirish;
qо‘llanilayotgan me’yoriy va reja tannarxidan og‘ishlarni aniqlash;
smeta qiymati va bajariladigan ishlarning haqiqiy tannarxi о‘rtasidagi
farqlarni qayd etish hamda tahlil qilish;
moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazorat qilish.
iqtisodiy natijalarini hisobga olgan holda boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun sub’ektning ma’muriyatini zarur va etarli ma’lumotlar bilan
ta’minlash;
chetga chiqishlarni aniqlash maqsadida haqiqatda sarflangan xarajatlarni
kuzatish va nazorat о‘rnatish, ularni me’yoriy va rejadagi hajmi bilan taqqoslash va
kelgusidagi iqtisodiy strategiyasini shakllantirish;
qurib bitkazilgan ob’ektlarni baholash va moliyaviy natijalarni hisoblash
uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini hisoblash;
sub’ektning tarkibiy bо‘linmalarining ishlab chiqarish faoliyatining
iqtisodiy natijalarini aniqlash va baholash;
uzoq muddatli xususiyatga ega bо‘lgan ishlab chiqarish va texnologiya
dasturlarining qoplanishi, ichki va tashqi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning
turlari bо‘yicha pentabellik darajasi, asosiy vositalar va tovap-moddiy zaxipalariga
quyilgan kapital mablag‘larning samaradorligi va faoliyati bо‘yicha boshqaruv
hisobi ma’lumotlarini bir tizimga keltirish.
Demak, qurilishda xarajatlarni hisobga olishning asosiy yо‘nalishi bu
sub’ektning ishlab chiqarish faoliyati ustidan nazorat о‘rnatish va ushbu faoliyatni
amalga oshirishda sarflanadigan xarajatlarni boshqapishdir. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, turli mulkchilik shakllarining paydo bо‘lishi, korxonalarning
tashqi
bozorga
chiqa
boshlashi
amaldagi
buxgalteriya
hisobi
tizimini
takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
|