Moliyaviy hisob


 Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi



Yüklə 256,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü256,22 Kb.
#201292
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kapital xarajatlar hisobi

3. Asosiy vositalarga kapital xarajatlar hisobi 
 
Asosiy vositalar balansga kirim qilinishida dastlabki (boshlang‘ich) qiymati 
bо‘yicha baholanadi. Boshlang‘ich qiymat - tо‘langan va qoplanmaydigan 
soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mо‘ljal bо‘yicha foydalanish 
uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan etkazib berish va 
montaj qilish, о‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga 
olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish 
bо‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati.
16
Kapital 
qо‘yilmalar 
buxgalteriya 
hisobini 
tashkil 
etishda 
ichki 
foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisob schyotlar rejasini ishlab chiqish, 
buxgalteriya hisobini tashkiliy asoslari va uslubiyotini, xarajatlarining kelib chiqish 
joylari va javobgaplik markazlari bо‘yicha tahlil va nazorat qilinishi resurslardan 
foydalanishda me’yorlardan chetga chiqishlar kabi vaziyatlar e’tiborga olinishi 
kerak. Ushbu muammolar ijobiy hal etilgandagina, buxgalteriya hisobining 
samaradorligi va boshqapishdagi о‘pni oshadi.
Kapital xarajatlarning amalga oshirilishi va tannarxini hisoblash bilan 
bog‘liq muomalalarning buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi 21-son 
“Xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xо‘jalik faoliyati buxgalteriya 
hisobi schyotlari rejasi va ularni qо‘llash bо‘yicha yо‘piqnoma” buxgalteriya 
hisobi milliy standartiga muvofiq quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0810- “Tugallanmagan qurilish”; 
0820- “Asosiy vositalarni xarid qilish”; 
0830- “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish”; 
0840- “Asosiy podani tashkil qilish”; 
0850- “Yerni obodonlashtirishga kapital qо‘yilmalar”; 
0860- “Moliyaviy ijara shartnomasi bо‘yicha olingan asosiy vositalarga 
kapital qо‘yilmalar”; 
0890- “Boshqa kapital qо‘yilmalar”. 
Analitik hisob hap bir kapital qо‘yilma, xо‘jalik shartnomasi va xarajat 
16
5-son BHM S “Asosiy vositalar” (O’zR AV 20.01.2004 y. 1299-son bilan ro’yxatga olingan) 1§. 3-band.


elementlari bо‘yicha tashkil qilinadi. Aytib о‘tilgan ob’ektlar foydalanishga qabul 
qilingach ularning balans qiymati 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlar” va 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar”da hisobga 
olinadi.
Qurilishga mо‘ljallangan kapital qо‘yilmalarning buxgalteriya hisobini 
tashkil qilishning xususiyatlarini kо‘pib chiqamiz. 
0810 “Tugallanmagan qurilish” schyotida (qurilish pudrat yoki xо‘jalik 
usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha 
hisob-kitoblarida va titul rо‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni bappo etish
uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bо‘yicha xarajatlar 
hisobga olinadi. 
Faoliyati qurilish va qurilish tashkilotlari hisoblangan qо‘shma korxonalarda 
ishlarini bajarilishida xarajatlar hisobini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya Vazirligida 1999 yil 23 dekabpda 579 son bilan rо‘yxatdan о‘tgan 
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining “Kapital qurilishga oid pudrat 
shartnomalari” nomli №17sonli milliy standarti, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 
15 oktabpdagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni 
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi. 
Qurilish-montaj ishlari tannarxi iqtisodiy kategoriya bо‘lib, qurilish 
tashkilotlari ishlab chiqarishida va buyurtmachiga ob’ektni topshirishda aks 
ettiriladi. 
Pudrat shartnomasi bо‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
- ushbu pudrat shartnomasi bilan bog‘liq bо‘lgan, xarajatlar tarkibidagi 
Nizom asosida bevosita xarajatlar; 
- pudrat shartnomasi bо‘yicha umumiy qurilish faoliyatiga tegishli bо‘lgan 
va pudrat shartnomalari bо‘yicha taqsimlanishi va shartnoma bahosiga kо‘shilishi 
mumkin bо‘lgan, xarajatlar tarkibi haqidagi Nizom asosida bilvosita xarajatlar; 
- qurilish pudrati shartnomalari shartlari bо‘yicha buyurtmachi tomonidan 
qoplanadigan boshqa xarajatlar. Shaptnoma shartlarida ular bо‘yicha xarajatlarning 


qoplanishi aytib о‘tilgan. Misol uchun: tajriba - konstruktorlik ishlariga xarajatlar. 
Pudrat shartnomasi bо‘yicha faoliyatga kiritilmaydigan va taqsimlanmaydigan 
xarajatlar qurilish pudrat shartnomasi buyicha xarajatlardan chiqarib yuboriladi. 
(Masalan: pudrat shartnomasi shartlarida qoplash qayd etilmagan ma’muriy
xarajatlar, tajriba konstruktorlik ishlari xarajatlari, sotish xarajatlari va xokazo).
17
Qurilishning pudrat usulida qurilish ishlarining butun bosqichini qurilish 
pudrati shartnomasi tuziladigan pudrat tashkiloti bajaradi. Mazkur shartnoma 
pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘iga kо‘ra 
muayyan ob’ektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini 
olishini, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoitlarni 
yaratish, uni qabul qilish va shartlashilgan napxni tо‘lash majburiyatini olishini 
nazarda tutadi. Qurilish pudrat shartnomasi korxona, bino, inshoot yoki boshqa 
ob’ektni qurish yoki rekonstruktsiya qilish, shuningdek montaj qilish, ishga 
tushirish-sozlash va qurilayotgan ob’ekt bilan uzluksiz bog‘liq bо‘lgan boshqa 
ishlarni bajarish uchun tuziladi. 
Agap qurilish-montaj ishlarini bajarish shartnomasi bо‘yicha ishlarni 
materialllar bilan ta’minlash majburiyati pudrat tashkilotiga yuklangan bо‘lsa, 
buyurtmachi 
tomonidan 
pudrat 
(yordamchi pudrat) tashkilotiga qurilish 
materialllarining berilishi soliq solish maqsadida pealizatsiya deb tan olinib, 
belgilangan tartibda qо‘shilgan qiymat solig‘i solinadi. Bunda materialllarning 
etkazib 
berilishi 
alohida 
oldi-sotdi 
(etkazib 
berish) 
shartnomasi 
bilan 
rasmiylashtirilishi shart. Bu holda tovap-moddiy boyliklarning berilishi Soliq 
Kodeksining 222-moddasiga asosan hisobvapaq-faktura bilan rasmiylashtiriladi va 
oluvchi tomonidan moddiy javobgap shaxs ishonchnomasiga kо‘ra amalga 
oshiriladi.
Qurilishning xо‘jalik usuli quruvchining о‘z kuchi bilan, pudrat tashkilotlari 
jalb etilmay bajariladigan qurilish-montaj ishlarini tashkil etish shaklidir. Ya’ni 
xо‘jalik usulida qurilish-montaj ishlari buyurtmachisi va bajaruvchisi birgina 
yuridik shaxs hisoblanadi. Yangi qurilish, faoliyat yurituvchi ob’ektlarni 
17
17-son BHM S “Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari” 23.10.1999y. 13,14 band.


kengaytirish, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va 
modernizatsiyalash xо‘jalik usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Qurilishning xо‘jalik usulida tashkilotda odatda qurilish paytida qurilish 
bо‘linmasi (kapital qurilish bо‘limi) tuzilib, u qurilish ishlarining muayyan 
turlarini bajaradi. 
Xо‘jalik usuli bilan qurish uchun tashkilot о‘z ishlab chiqarish bazasini 
yaratadi, qurilish mashinalari va mexanizmlari, asboblar va inventar xarid qiladi 
yoki ijaraga oladi, qurilishni qurilish materialllari, konstruktsiyalar va detallar, 
loyiha-smeta hujjatlari, ishchilar va muhandis-texnik kadplar bilan ta’minlaydi. 
Xо‘jalik usuli bilan qurilish-montaj ishlari bajarilishida QQS solinadigan 
aylanmalar mavjud emas. 
O‘z kuchi va о‘z ehtiyojlari uchun qurilish-montaj ishlari bajarilishida 
foydalanilgan, xarid qilingan moddiy-ishlab chiqarish zaxipalari bо‘yicha QQS 
summasini korxona hisobga kiritmay qurilish-montaj ishlari qiymatiga hisobdan 
chiqaradi. 
Asosiy vositalar ob’ektlarini qurish va ularni foydalanishga topshirish 
bо‘yicha umumiy buxgalteriya о‘tkazmalari quyidagi jadvalda keltirilgan.

Yüklə 256,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin