O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Iqtisodiy jadval»
dunyoga keldi. F.Kene nafaqat 
fiziokratizm maktabi asosini yaratdi, balki uning nazariy va siyosiy 
dasturini ham shakllan-tirdi. Uning fiziokratik g’oyalarini keyinchalik 
A.Tyurgo va boshqa bir qator frantsuz iqtisodchilari davom ettirdilar va 
targ’ibot qildilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki o’sha 
davr tili bilan aytganda 
«iqtisodchilar maktabi»
tarkib topdi. Uning eng 
rivojlangan davri 
XVIII
asrning 60-70-yil-lariga to’g’ri keladi.
O’rganish metodi. 
F.Kenening iqtisodiy tadqiqotining meto-
dologik maslagi (platformasi) ni uning tomonidan ishlab chiqil-gan 
tabiiy tartib to’g’risidagi kontseptsiya 
tashkil etadi. Uning-cha, mazkur 
kontseptsiyaning huquqiy asosi xususiy mulkni, shaxsiy manfaatlarni 
muhofaza qiluvchi va takror ishlab chiqarishni va moddiy boyliklarni 
to’g’ri taqsimlashni ta’minlovchi davlatning mlddiy va ma’naviy 
qonunlari hisoblanadi. F.Kenening yozishicha, tabiiy tartibning mohiyati 
shundaki, 
bir odamning shaxsiy manfa-ati boshqalarning umumiy 
manfaatidan ajralgan bo’lishi mumkin emas
. Bu esa erkinlik 
hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana shunda dunyo o’z-o’zidan 
harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib aytishicha, «Yuqori 
hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yi-rik er egalari vakillaridan tashkil 
topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha 
kuchli hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib 
chiqarishi, yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan beboshlikni 
keltirib chiqarishi mumkin. 
U, yuqori davlat hokimiyati davlat boshqa-
ruvini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan – tabiiy tartib – qonunlarini 
yaxshi biladigan, o’qimishli bir shaxs qo’lida bo’lishini maqsadga 
muvofiq deb hisoblagan.
Sof mahsulot to’g’risidagi ta’limot. 
F.Kenening nazariy merosida 
uning 
sof mahsulot
(hozir uni milliy daromad deb atashadi) 
to’g’risidagi 
ta’limoti muhim o’rin egallaydi
. Uning fikriga ko’ra, sof mahsulotning 
manbai er va unga sarflangan qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band 
bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. Demak, boylikning (sof 
mahsulot) ko’payi-shi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi bilan bog’liq 
bo’lgan «er in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni emas, balki qishloq 
53


xo’ja-ligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, qirollik 
kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi»,
deb hukumatni 
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki 
savdogar va hunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat 
bir joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. 
Shuning uchun savdo va sanoat 
«unumsiz»
hisoblanadi. U erdagi 
tovarning o’sgan qiymati faqat-gina savdo va sanoat xarajatlarini 
qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, sof mahsulot esa bunda 
ko’paymaydi. Keyinchalik, A.Smit fiziokratlarning sanoatning 
«unumsizligi»
to’g’risidagi g’oyasiga qarshi chiqadi va sanoatda ham 
boylik yaratilishini ko’rsatib beradi. 
F.Kene 
merkantilistlarning 
“boylik savdoda yaratiladi” de-gan 
tezisini tanqid qildi. Uning tasdiqlashicha, muomalada tovar-larning 
ayirboshlanishi ekvivalentli bo’ladi, ya’ni teng qiymatli tovarlar 
ayirboshlanadi. Demak, ayirboshlashda qiymatning hech qanday o’sishi 
sodir bo’lmaydi. F.Kene pulni foydasi yo’q boylik hisoblagan, unga 
faqat savdodagi vositachi sifatida qaragan. Shunga muvofiq, davlatning 
boyishi pul kapitalining o’sishga emas, balki qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishining rivojla-nishiga bog’liq bo’ladi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin