Shu bilan U.Petti er bahosini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan
muammoni echib berishga uringan. Lekin bu erda ham olim mazkur
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, erning bahosi bir
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan
sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun U.Petti rentani 21 yilga
ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki, uning tasdiqlashicha, faqat uch
avlod vakillari: buva (50 yosh), o’g’il (28 yosh) va nevara (7 yosh) -
birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shu-ning uchun muayyan er
uchastkasining qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi o’sha
uch avlod kishilarining birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak.
Shu sababli erning qiymati ham taxminan shuncha miqdordagi yillik
rentalarning summasiga teng.
Shu bilan birga, uning er bahosini aniqlashdan kelib chiqa-digan
ssuda kapitali bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro
bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy fikrlarning rivoj-lanishida ijobiy rol o’ynadi.
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi.
Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er
egasi o’z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o’sha summadan ko’pini ham
ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi bo’lgan kapitalistga
birda-niga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi.
Dostları ilə paylaş: