4 – mavzu. Klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi R E J A:
1. Klassik iqtisodiy maktabning paydo bo’lishining tarixiy shart-
sharoitlari va uning tavsifi
2. U.Pettining iqtisodiy ta’limoti
3. Buagilberning iqtisodiy ta’limoti
4. Fiziokratlar
5. A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti
6. Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri
1. Klassik iqtisodiy maktabning paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi Merkantilizmning emirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining
paydo bo’lishi (Angliyada)
XVII
asrga to’g’ri keladi.
XVI
asrning
o’rtalarida boshlangan manufaktura davri
XVII
asrga kelib sanoatning
ayrim tarmoqlarining rivojlanishiga olib kel-di. Ayni paytda, qishloq
xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya
iqtisodiyoti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi.
XVIII
asrga
kelib bu erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda
emas, balki sanoat va qish-loq xo’jaligida ham g’alaba qozondi. Bu
jarayon mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga yo’l ochib berdi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga imkoniyat, tadbirkorlar
tashabbusiga erkinlik berishga harakat qilgan kapitalistik tuzumning
afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta’limotlar
endi taqozo etila boshladi.
Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni rivojlan-tirish
uchun, ya’ni iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit
yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit,
D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabi-ning boshqa
vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan tadqi-qot qildilar. Haqiqatan
ham, mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining
boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi,
eng avvalo, uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam
ilmiy bo’lib, ular zamonaviy iq-tisodiy nazariya asosini tashkil etishidir.
Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy
fan maqomiga ega bo’ldi. Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabi-
ning dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Frantsiyada – P.Buagilber, F.Kene,
46
A.Tyurgo hisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta’limoti A.Smit,
D.Rikardo J.B. Sey, T.Maltus tomonidan rivojlan-tirildi va J.S. Mill,
K.Marks tomonidan yakunlandi. Ularni biz keyingi mavzularda ko’rib
chiqamiz.