O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

 
2. U.Pettining iqtisodiy ta’limoti 
 
Uilyam Petti (1623-1687)
– Angliya klassik siyosiy iqtiso-dining 
asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-
«Siyo-siy iqtisodning 
otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi»
. U.Petti har tomonlama yuksak 
bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubi-dagi Romsi shahrida 
hunarmand-matochi oilasida tug’ildi. O’n to’rt yoshida ota kasbini 
egallashdan voz kechgan U.Petti uydan chiqib ketadi va kemada 
yollanma dengizchi (yunga) bo’lib xizmat qiladi. Oradan bir yil o’tgach, 
taqdir taqozosi bilan oyog’i lat egan U.Petti Frantsiya hududidagi bir 
qirg’oqda qoldirib ketiladi. Bu notanish chet o’lkalarda lotin tilini 
bilganligi tufayli u Kan kollejiga qabul qilindi va tinglovchi sifatida 
moddiy jihatdan ta’min-landi. Kollej unga frantsuz va grek tillarini
matematika, astro-nomiyani o’rganishga imkoniyat yaratib berdi. 1640 
yili kollejni bitirib, U.Petti Londonga qaytib keldi. Keyinchalik, Oksford 
universitetida tibbiyot sohasida tahsil oldi.
1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika bo’yicha doktorlik darajasi-ni oldi, 
Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi.
U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan 
«Soliqlar va yig’imlar 
to’g’risida traktat» (1662y), «Donishmandlarga so’z» (1665y), 
«Irlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672y), «Siyosiy arifmetika» 
(1683y)
va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida 
merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni rag’batlantirish 
maqsadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-quvvatladi. 
Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob’ektini o’zgartirdi va asosiy e’tiborni 
savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd 
qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat 
taqsimlanadi.
Boylik va pul nazariyalari. 
Merkantilistlardan farqli ravishda, 
U.Petti fikri bo’yicha, nafaqat qimmatli metall va toshlar hamda pul 
boylik
hisoblanadi, balki mamlakatning eri, uylar, kemalar, tovarlar va 
xatto uy jihozlari ham boylikni tashkil etadi. Bu masala bo’yicha o’z 
fikrini rivojlantirib, bizning davrda keng tarqalgan 
«Mehnat – boylikning 
otasi, er esa uning onasi»
degan iborani ishlatdi.
Mamlakat boyligini ko’paytirish uchun U.Petti qamoq jazosi 
47


o’rniga pul jarimasini joriy etish zarurligini, pul to’lashga «qurbi 
etmagan o’g’rilarni» esa «qullikka» mahkum etishni, ishlashga majbur 
qilishni tavsiya etadi. Bu merkantilistlarga qarama-qarshi tarzda, 
boylik, 
eng avvalo, mehnat bilan yaratili-shini
bildiradi, ya’ni xo’jalik 
hayotidagi pulning «asosiy» vazi-fasini inkor etadi.
U.Petti bu fikrni rivojlantirib, chetga pul chiqarishni taqiqlash 
bema’ni narsa ekanligini ko’rsatib o’tadi. Davlatning bunday xatti-
harakati, uning fikri bo’yicha, mamlakatga chetdan to-var keltirishni 
man etish bilan bir narsadir. U.Petti bu fikr-lari bilan o’zini pulning 
miqdoriy nazariyasi tarafdori ekanli-gini ko’rsatdi va muomala uchun 
zarur bo’lgan pul miqdori to’g’ri-sidagi qonuniyatni tushunganligini 
namoyish etdi. Ammo uning iqtisodiyotdagi pulning vazifasini yuzaki 
tushunganligi aniq ko’rinadi. Bir tomondan, pulning miqdoriy 
nazariyasi, haqiqatdan ham, «pul o’z-o’zidan boylik mazmunini 
anglatmasligini» ko’rsat-di, ikkinchi tomondan esa – U.Petti va undan 
keyingi boshqa klas-sik iqtisodiy nazariya mualliflari, M.Blaug so’zi 
bilan aytganda, u (pulning miqdoriy nazariyasi) asosiy e’tiborni pulning 
muomala vositasi sifatidagi vazifasiga qaratgan holda, tovar va pul 
bozorlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni keltirib chiqaruvchi pulning 
qimmatni saqlash vositasi sifatidagi funktsiyasini inkor etdi.
Shuning uchun merkantilizmga nisbatan to’g’ri tanqidlari bilan 
birga, U.Pettining bu borada noto’g’ri tushunchalari ham bo’lgan. 
Masalan, 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin