1) Frantsiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir
ko’rsatdi;
2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda
manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi;
3) protektsionistik tariflardan keng foydalangach, Frantsiya
bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug’ullandi;
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda,
qishloq xo’jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi,
ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto’g’ri man etishi va
mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida
dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili
Uilyam
Staffordning (1154-1612 y.)
hayot faoliyati to’g’risidagi ma’lu-motlar
juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiq-qanligi va
“Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni”
asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford mer-kantilizm uchun
xarakterli bo’lgan quyidagi g’oyalarni ilgari surgan:
1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar
bo’lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli
hisoblanadi;
2) chetga xom ashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib
kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’y-
maslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari)
iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni
mamlakatga olib kirishni to’liq man etishni tavsiya etdi.
Angliyada keyingi etuk merkantilizm
Dostları ilə paylaş: