balansi»
o’rniga keyingi merkanti-listlarning
«savdo balansi»
nazariyasi
kelib chiqdi.
«Savdo balansi»
nazariyasi (yoki etuk merkantilizm)
Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur
kontseptsiya vakillari
dastlabki merkan-tilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man
etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning
fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi –
mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas,
balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksport-ning importdan ustun
bo’lishi).
Eksport va import o’rtasidagi farq (ijobiy saldo) – mamlakat
boyligining o’sishidir
. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi
emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini
vujudga keltiruvchi
pullardir.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakil-lari
aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
– tashqi bozorlarni
nisbatan arzon
tovarlar sotish yo’li bilan
egallash hamda bir mamlakat tovarini olib,
boshqalariga uni qimmatiga
sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda,
tovarlar importiga ruxsat etish
(zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun
oltin va kumushni
chetga chiqarish
, pirovard natijada mamlakatda
ularning massasini
ko’paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsa-da, uning qimmatini keyingi
merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb
qaradilar. Ammo aynan ular metallistik naza-riyadan pulning miqdoriy
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar
dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funktsiyasini asosiy deb
bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar –
muomala
funktsiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga
ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda,
tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosib-likda
bo’ladi. Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach,
savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.
Dostları ilə paylaş: