O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


Jan  Batist Kolber (1619-1683 y.)



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Jan 
Batist Kolber (1619-1683 y.) 
hisoblanadi. U frantsuz qiro-li Lyudovik 
XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifa-sida ishlagan va 
faol protektsionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib 
borgan iqtisodiy siyosat va frantsuz merkantilizmi 
kolbertizm 
deb atala 
boshladi. 
J.B.Kolberning asosiy g’oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi 
quyidagicha tavsiflanadi: 
40


1) Frantsiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir 
ko’rsatdi; 
2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda 
manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi; 
3) protektsionistik tariflardan keng foydalangach, Frantsiya 
bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug’ullandi; 
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, 
qishloq xo’jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, 
ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto’g’ri man etishi va 
mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida 
dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi. 
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili 
Uilyam 
Staffordning (1154-1612 y.)
hayot faoliyati to’g’risidagi ma’lu-motlar 
juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiq-qanligi va 
“Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” 
asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford mer-kantilizm uchun 
xarakterli bo’lgan quyidagi g’oyalarni ilgari surgan: 
1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar 
bo’lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli 
hisoblanadi; 
2) chetga xom ashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin 
undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib 
kelmasin); 
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’y-
maslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) 
iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi; 
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni 
mamlakatga olib kirishni to’liq man etishni tavsiya etdi.
Angliyada keyingi etuk merkantilizm 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin