O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

3 – mavzu. Merkantilizm 
 
R E J A: 
1. Merkantilizm, uning mohiyati, nazariy va metodologik 
xususiyatlari 
2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning o’ziga xosligi 
3. Turli mamlakatlarda merkantilizm ta’limotining o’ziga xos 
xususiyatlari 
4. Merkantilizmning tarixiy ahamiyati 
 
1. Merkantilizm, uning mohiyati, nazariy va metodologik 
xususiyatlari 
 
Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy muno-sabatlari 
tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy 
davrni o’z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy ada-biyotda, odatda 
merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» 
so’zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi), bu bozor 
(kapitalistik) iqtisodiyotiga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir. 
 Merkantilizm
– bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyat-larning 
rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protektsio-nizm printsiplariga 
asoslangan bir qator davlatlarning iqti-sodiy siyosati, u feodalizmning 
emirish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi 
iqtisodiy voqelikni tah-lil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi. 
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda 
etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. 
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni 
tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy mas-lahatlar berishdir. 
Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab-
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya 
qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyi-dagilar 
bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho nar-salarga boylik 
sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini 
ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni 
import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan 
sanoat tovarlariga protek-tsionistik tariflarni belgilash; eksportni, 
ayniqsa, tayyor mah-sulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining 
past daraja-sini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlik-
36


ning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-
shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi. 
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida 
boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va 
chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib 
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Av-valo, 
natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosa-batlarining 
o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning 
ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlaka-chilik tuzumining 
paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki 
bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metro-poliyalar mustamlakalar 
hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida 
savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida 
noelastik talab va eksport-ning importdan ko’p bo’lishining maqsadga 
muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini 
qo’llab-quvvat-lash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, 
“qo’shningni qurit-sang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri 
siyosat ilgari surilgan.
Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga 
kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator 
nazariy – metodologik xususiyatlarga
ega. Ularning mohiyatiga ko’ra, 
merkantilistlar: 
– tadqiqot predmeti
(iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini 
tekshirishni afzal ko’rdilar, buning ustiga, ishlab chiqarish sohasidan 
ajralgan holda; 
– tadqiqot usuli
sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy 
yuzaki tashqi ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning 
barcha sohalarini tizimli tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi 
empirizm (nazariyadan ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil 
bo’lishlik) dan foydalandilar; 
– pulning paydo bo’lishini 
odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb 
hisobladilar, pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar; 
– pul qiymati (qimmati) ning
kelib chiqishini oltin va kumush 
pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan 
bog’lab talqin qildilar; 
– mehnat taklifining oshishini 
yuqori ish haqi bilan emas, balki 
past ish haqi zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar; 
– iqtisodiy o’sishni
davlatning tashqi savdoni tartibga so-lish va 
savdo balansida ijobiy saldoga erishishi tufayli mamlakat pul 
37


boyligining ko’payishi natijasi sifatida qara-dilar. 
Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari 
iqtisodiy adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivoj-lanishidagi ikki 
bosqich – dastlabki va keyingi bosqichlarini hisobga olgan holda 
tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga bo’linish dastlabki va keyingi 
merkantilistlarning aktiv savdo balansiga, ya’ni tashqi savdoda ijobiy 
saldoga erishish yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin