O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Mahbub-ul-qulub» (1500 y.)
asarida mamla-
katdagi ijtimoiy guruhlarning jamiyatda tutgan o’rnini ko’rsatib berishga 
harakat qiladi. Uning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan 
aloqasi bor savdogarlar jamiyatda moddiy boylik etishtirishda, 
yaratishda va mamlakatning boyligini ko’paytirish-da muhim o’rin 
tutadi. Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi ahamiyati 
to’g’risida quyidagi fikrlarni bildiradi: 
«Don sochuvchi dehqon erni 
yorish bilan rizq yo’lini ochuvchidir»
. Shu bilan birga, u dehqon 
mehnatini ulug’lab, uning moddiy boylik yaratishdagi xatti-harakatini 
quyidagicha tasvirlab berdi: 
30


Har ne qilsalar harakat, 
Xalqqa ham etar ovqat ham barakat. 
 
Navoiy ijtimoiy hayotga odamlarning birgalikdagi faoliyati sifatida 
qaraydi. Uning fikriga ko’ra, 
kishi yakka holda hech narsa ishlab 
chiqara olmaydi
. U biron narsani ishlab chiqarish uchun bosh-qa ishlab 
chiqaruvchilar bilan munosabatda bo’lishi kerak. Masalan, dehqonga 
mehnat qurollari zarur bo’lsa, hunarmandlarga non kerak; dehqonga 
ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik mahsu-lotlari zarur. 
Dehqon mehnatining mahsulini novvoy, unfurush, qo’shchi va o’roqchi, 
mashoqchi va boshqalar orziqib kutadi. Shu bilan birga, dehqon ham 
hunarmandning, chorvadorning va boshqalarning mehnat mahsulotiga 
muhtoj. Ularsiz u hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Navoiy fikricha, 
dehqon o’z mehnati bilan o’z ehtiyoji uchun zarur bo’lgan mahsulot 
miqdoridan ko’ra ko’proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab 
chiqarishda ishtirok etmaydigan boshqa qismlarini ham moddiy 
ne’matlar bilan ta’minlaydi. Uning mana shu fikri fiziokratlarning 
“qo’shimcha mahsulot faqat qishloq xo’jaligida yaratiladi” degan fikriga 
mos tushadi. Navoiy “qishloq xo’jaligining rivojlanishi mamlakat 
qudratini oshi-rishda katta ahamiyat kasb etadi” degan ilg’or fikrni ilgari 
suradi. Bu fikr o’sha davr, ya’ni feodalizm rivojlangan, uning negizini 
dehqonchilik tashkil qilgan bir davrda to’g’ri fikr bo’lib qolmaygina, 
balki tarixiy haqiqat hamdir. 
Navoiy xalqaro savdo sohasida faoliyat yurituvchilarga nisbatan 
ijobiy munosabatda bo’lsa-da, mamlakat ichkarisida ish yuritayotgan 
savdogarlar, ya’ni olibsotarlarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lgan. 
Uning fikricha, olibsotarlar 
«o’ziga foyda va boshqalarga qaxat istovchi 
... arzon olib qimmat sotish»
, ya’ni xalqni zarari hisobiga foyda 
ko’ruvchilardir. 
Navoiy 
intellektual 
mehnatni, 
ya’ni olimlar va boshqa shu 
kabilarning mehnatini jamiyat uchun zarur deb ko’rsatib berdi va ularni 
o’z mas’uliyat va burchlarini sezishga chaqirdi. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin