hamdir. Lekin davlat qimmatbaho buyumlarni jamg’arish bilan qiziqib
ketmasligi, mablag’larning bir qismini xalq manfaatlari yo’lida sarflashi
lozim.
Amir Temur
A.Temurning iqtisodiy qarashlari. Amir Temur (1336-1405)
iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron
davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari,
har bir viloyat-da
Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ish-larini:
soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar,
yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning
xodimlari vaqti-vaqti bilan tek-shirish va taftish ishlarini olib borgan.
Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va
tovlamachilar qattiq jazolangan.
Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar,
birinchi
navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakat-ning esa og’ir
ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratil-gan. Negaki, A.Temur:
“Raiyatni xonavayron qilish davlat xazi-nasining kambag’alashishiga
olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib
ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida,
saltanatning kuch-sizlanishiga olib boradi”
, – deb ko’rsatib bergan.
Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga
egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan:
1.
Suyurg’ol erlar.
Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan
ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi
soliqdan ozod qilingan. Bunday er
egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i
– xiroj olganlar.
2.
Tarxon erlar.
Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga
biron-bir xizmati uchun berilgan.
3.
Ushr erlar.
Sayid va xo’jalarga mansub erlar. Bu erlarda olingan
hosilning o’ndan biri davlatga berilgan.
4.
Vaqf erlar.
Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari
joylarga doir erlar. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-
mulki bilan in’om etiladi.
5.
Askarlarga, ularning rahbarlariga
beriladigan erlar.
Kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (erosti suvlarini
tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog’ ko’kartirsa
yoxud birorta xarob bo’lib yotgan joyni obod qilsa,
birinchi yili undan
soliq olinmagan. Ikkinchi yili raiyat o’z roziligi bilan berganini olgan.
27
Uchinchi yil xiroj yig’ilgan. Mazkur muammoga bunday yondashuv
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim mavqega ega
bo’ladi.
Amir Temur barcha shahar va qishloqlarda langarxona
(yo’lovchilar qo’nib o’tadigan, kambag’al etim-esirlarga ovqat beri-
ladigan joy), g’aribxonalarni qurishni, kasallar uchun shifo-xonalar
bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni lozim deb
bilgan va ularni amalga oshirish uchun ko’p ishlarni qilgan.
Amir
Temur Angliya va Frantsiya
qirollariga murojaat qi-lib,
xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirishga
harakat qilgan. Mashriqdan
mag’ribgacha bo’lgan savdo-sotiq ishlarini kuchaytirish uchun zarur
bo’lgan shart-sharoitlar yaratib berilgan. Masalan, bir kunlik karvon
yo’lida barcha narsa muhayyo etilgan (karvonsaroyda doimo ot, em-
xashak, oziq-ovqat, suv bo’lgan, sardobalar qurilgan),
qaroqchilar qattiq
jazolangan. Shu narsaga alohida e’tibor berish kerakki, chetdan olib
kelingan tovarlar ustiga
10 foiz narx
qo’shib sotish mumkin bo’lgan. Bu,
hozirgi davr tili bilan aytganda, birinchidan – chet el tovarlariga bo’lgan
talabni kuchaytirsa, ik-kinchidan – aholining iste’mol buyumlariga
bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish imkonini beradi.
A.Temurning
iqtisodiy fikrlari
Dostları ilə paylaş: