O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

«Jon haqida»
asarining Forobiy o’qigan nusxasi 
topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan 
«Men bu kitobni yuz 
marta o’qidim»
, boshqa bir kitobda esa 
«Bu kitobni qirq marta o’qidim, 
lekin yana o’qishim kerak»
, deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini 
o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma 
Ibn Sino Aris-totelning 
«Metafizika»
asarini Forobiy yozgan sharhlar 
yordami bilangina to’liq tushunganligi haqida yozgan. 
Forobiy bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan 
moddiy 
ehtiyojlar
to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning 
ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir 
odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p 
narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga 
erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo’ladiki, uning har biri u 
ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam 
boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat 
shakllanishi uchun moddiy eh-tiyojlar to’g’risida bunday tushuncha 
o’sha davrdagi ilg’or fikr-lardan hisoblanadi. Shu bilan birga, moddiy 
23


boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining ahamiyatini, har xil 
hunar turlarini uqtirib o’tgach, qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy, Platonga o’xshab 
ideal tuzum
to’g’risida fikr yurit-di. U 
kelajak haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini 
tashkil etuvchi o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni 
ideal shahar deb hisoblagan; er yuzida barcha xalqlarning o’zaro 
yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to’g’risida, 
mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo 
Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat 
mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. Shu 
narsani qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi 
o’ringa surib qo’ydi. Bu, ayniqsa, uning davlat to’g’risidagi talqinida 
ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy 
fun-ktsiyalaridan deb e’tirof etiladi. 
 Forobiyning 
mulkchilik 
to’g’risidagi qarashlari.
Abu Nasr Forobiy 
mulkchilik haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga 
muvofiq foydalanish, o’ziga to’q yashash to’g’risidagi ilg’or fikrlarni 
ilgari suradi. U odamlarga, avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk 
orttirish foydali ish ekanligi, bosh-qalar uchun zarar keltiradigan boylik 
to’plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat ekanligini aytib o’tadi. 
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga 
alohida e’tibor beradi. Uningcha, ma’rifatli, qonun asosida ish 
yuritadigan, huquqiy madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim 
rol o’ynaydilar va aksincha 
“...shahar aholisi ma’rifatsiz, tajribasiz 
odamlar va bolalardan iborat bo’lsa, u holda ular qonun o’rnatgan 
tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. 
Ko’rinib turibdiki, 
qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Huquqiy tarbiya, madaniyat mulkni to’g’ri tasarruf etish, undan unumli 
foydalanish va mulkni ko’paytirishga undaydi. Forobiyning 
ta’kidlashicha, 
“Mulk ort-tirishda unchalik xavf yo’q... Mulkni ehtiyot 
qilib saqlab, o’z ehtiyoji uchun ishlatsa, bu yomon hisoblanmaydi”. 
 
Forobiyning mulkchilik to’g’risidagi iqtisodiy fikrlari-ning to’g’ri 
ekanligini hayotning o’zi ko’rsatib berdi. Mamlakati-mizda mulkdorlar 
sinfining shakllanib, ularning soni ko’payib, iqtisodiyotni 
rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi davrda Forobiyning mulk 
va unga egalik qilish haqidagi g’oyalari yana ham faollashib bormoqda. 
Forobiyning taqsimotga bo’lgan iqtisodiy qarashlari. 
Taq-simot 
Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o’ziga xos usulda tal-qin etiladi. 
Uningcha, jamiyat va kishilar qo’lidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni 
24


to’g’ri taqsimlash davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Taqsimot maqsadga muvofiq amalga oshirilmas ekan, 
ko’pchilik kishilar bachkanalashib ketadi, odamlar faqir ahvolga tushib 
qoladi. 
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois 
maqsadga muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy 
mavjud bo’lgan barcha boyliklarni to’g’ri hisobga olishni nazrda tutadi. 
U shunday yozadi: 
“Avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning 
egalari va tutgan o’rinlari, so’ngra nihoyatda zarur narsalar bo’lgan 
oziq-ovqatlar, ekiladigan erlar, saroy va shaxsi uylar miqdori hisobga 
olinishi zarur”. 
Forobiy Platonning: 
“Taqsimot juda qiyin ish, lekin juda 
zarur ishdir”, 
- degan fikrini alohida ko’rsatib o’tadi. Biz bundan 
Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to’g’ri hal etish jamiyat 
hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini 
ko’ramiz.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin