Ammo ortiqcha moddiy boylik ishlab chiqarish imko-niyatini beruvchi
tsivilizatsiyaga o’tish, olimning ta’kidlashicha, umumiy, ijtimoiy va
mulkiy tenglik kelib chiqqanini, jamiyat-ning tabaqalarga bo’linishi
zarurligi tugaganini bildirmaydi.
Ibn Xoldunning ko’rsatib berishicha, fuqarolarni hayotiy zarur
buyumlar va zeb-ziynat buyumlari bilan yoki uning atamasi bo’yicha
«zarur»
va
«zarur bo’lmagan»
buyumlar bilan ta’minlash, eng avvalo,
shahar aholisining zichligiga bog’liq. Shahar aholisi-ning zichligi uning
rivojlangan yoki rivojlanmaganligining ramziy belgisi hisoblangan.
Shuning uchun agar shahar rivoj-langan bo’lsa, unda «zarur» va «zarur
bo’lmagan» buyumlar etarli bo’ladi; bunda: birinchisining bahosi
(dehqonchilikda shaharlik-lar ham ishtirok etganligi tufayli) pasayib
boradi, ikkinchining esa (zeb-ziynat buyumlariga talabning keskin
o’sishi sababli) bahosi oshib boradi. Aksincha, shahar aholisining
kamligi nati-jasida uning rivojlanmay qolishi barcha moddiy
boyliklarning etishmasligini va qimmatchilikni keltirib chiqaradi. Shu
bilan birga, mutafakkirning ta’kidlashicha, soliq qancha past bo’lsa, har
qanday shaharning, bir butun jamiyatning ravnaqi shuncha yaxshi
bo’ladi. U: “Bozor bahosi shakllanishining bir qancha qonuniyat-larini
ta’riflab, soliqlar va har xil yig’imlar tovar qiymati-ning oshishiga olib
keluvchi omil hisoblanadi”, – deb ko’rsatib berdi. Ibn Xoldun bozorning
rag’batlantiruvchi ahamiyatini bil-gan: bozor mexanizmi ishlab
chiqaruvchilarni mehnat unumdor-ligini oshirishga va mahsulot sifatini
yaxshilashga majbur etadi.
Ibn Xoldun pulni xo’jalik hayotining muhim unsuri deb hisobladi
va pul vazifasini xudo tomonidan yaratilgan metallar ichida - oltin va
kumush bajarishini ma’qulladi. Uning fikricha, pul «barcha sotib
olinadigan» buyumlardagi inson mehnatining miqdoriy mazmunini aks
ettiradi. U
Dostları ilə paylaş: