O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti Islomov A. Egamov E


Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153-121 y.) Grakxlar



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/72
tarix07.01.2024
ölçüsü5,04 Kb.
#201716
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Iqtisodiy ta\'limotlar tarixi

Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153-121 y.) Grakxlar
himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning er mulkini cheklash va agrar 
masalalarni echish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda. qonun 
qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik 
fuqarolarga davlatning haydaladigan eridan 500 yuger (125 gektar)gacha 
ijaraga olish ruxsat etilgan. Bundan tashqari, bir oila 1000 yugerdan 
ziyod erga egalik qilishi man etilgan. Barcha ortiqcha erlar davlat 
ixtiyorida bo’lgan va erga muxtojlarga avlodlariga qoldirish va uncha 
ko’p bo’lmagan soliq to’lash sharti bilan 30 yugerdan bo’lib berilgan. 
Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va 
natijada o’n minglab dehqonlar er olishga muvaffaq bo’ldilar. Tiberiy 
Grakx ataylab o’ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx 
davom ettirdi. Dehqonlarga er berish qaytadan bosh-landi hamda 
shaharlik kambag’allarga davlat xazinasidan past bahoda don sotish 
to’g’risida qonun qabul qilindi. Grakxlarning islohoti mayda dehqon er 
egaligi mavqeini kuchaytirish va aholi kambag’allashuvining oldini 
olishga qaratilgan edi. Islohot ancha muvaffaqiyatli bo’ldi va hatto Gay 
Grakx o’limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni er bilan 
ta’minlash to’g’risidagi qonunni bekor qila olmadilar. 
Mark Tulliy Tsitseron (m.o.106-43 y.)
taniqli davlat arbobi va 
mashhur notiq. U yashagan davrda davlat ancha markaz-lashgan bo’lib, 
savdo-sotiq rivojlandi, sudxo’rlik boylik manbai-ga aylandi. Qadimgi 
Gretsiya iqtisodiy fikrlaridan farqli ravishda, Tsitseron yirik savdoni 
qo’llab-quvvatlab, mayda savdoga esa e’tibor qaratmadi. Tsitseronning 
sudxo’rlikka bo’lgan munosa-bati ziddiyatli bo’lgan. Bir joyda 
sudxo’rlikni ma’qullasa, ikkin-chi bir joyda uni qoralaydi. Tsitseronning 
savdo va sudxo’rlikka bo’lgan qarashlarida Qadimgi Rim 
iqtisodiyotidagi natural va tovar xo’jaligi o’rtasidagi ziddiyat o’z aksini 
topgan. 
Tsitseron xususiy mulkchilik, yirik er egaligi va mustam-lakalarda 
ekspluatatsiyani kuchaytirish tarafdori bo’lgan. Dehqon-chilikni ancha 
samarali ish turi deb hisoblagan. U bozorni tovar bilan ta’minlashda 
17


muhim o’rin tutgan. 

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin