er olish-lari mumkin. Buning ustiga er faqat unga egalik qilish va undan
foydalanish huquqi bilan (ya’ni to’la bo’lmagan mulk huquqi) berilgan
bo’lsa ham, uni olgan kishi keyinchalik bolalarining bi-riga aynan shu
shart bilan meros qoldirish imkoniyatiga ega bo’l-gan. Fuqarolar
umumiy mulkining qimmati to’rt martadan ko’p farq qilmasligi kerak.
Platonning har ikkala loyihasida o’xshashlik mavjud: davlat-ni
boshqaruv apparati (birinchi loyihada) va fuqarolar (ikkinchi loyihada)
oltin va kumushga ega bo’lishlari va sudxo’rlik bilan shug’ullanishlari
mumkin emas. U xuddi Ksenofontga o’xshab, deh-qonchilikni
iqtisodiyotdagi asosiy tarmoq deb hisobladi, hunar-mandchilik va
savdoni jamiyatda uncha e’tiborli bo’lmagan mashg’u-lotlar turiga
kiritdi.
Antik iqtisodiy fikrlar tarixida Platon birinchilardan bo’lib
bahoning asosi va darajasi to’g’risidagi savolni o’rtaga tashladi. Uning
fikricha, baho davlat hokimiyati tomondan tartib-ga solinib turilishi
kerak, bundan tashqari, asos sifatida shun-day baho olinishi kerakki, u
o’rtacha foyda olishni ta’minlasin.
Aristotelning
iqtisodiy
qarashlari.
Antik dunyodagi iqti-sodiy
fikrlarning yirik namoyandalaridan biri
Dostları ilə paylaş: