«Avesto»da er, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish og’ir gu-noh
hisoblanadi. Bunday ibratli tasdiqlash bugungi avlodlarni ham tabiatga,
atrof-muhitga aslo vaxshiyona munosabatda bo’lmas-likka chorlaydi.
Kitobda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan holda
shunday deyiladi:
«Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli
ishlovchilarga va na sog’lom baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon
ovqatlanishdan odob-ahloq ham aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l
bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul qilinadi»
. Bu erda biz
sog’lom avlod to’g’risida, iqtisodiy va madaniy, ma’naviy yuksalish
o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligi to’g’risida fikr yuritil-ganligini
ko’ramiz. O’sha davrda aytilgan bunday fikrlar,
ajdod-larimiz Qadimgi
Dunyo madaniyatida yuqori yutuqlarga erishgan-ligidan dalolat beradi.
Bu noyob kitobda patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning tugatilishi
davrida iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqida qimmatli
ma’lumotlar beriladi. Demak, «Avesto» milod-dan avvalgi IX-VII asrlar
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy hayot haqida g’oyat
muhim ma’lumotlar
beruvchi bebaho obida, xalqimizning merosiy
boyligidir.
Artxashastra» ta’limoti
. Qadimgi Hindiston xo’jaligi, ijtimoiy
tuzumi va iqtisodiy fikrlarini o’rganishning asosiy manbai
Dostları ilə paylaş: