Nashriyot- m atbaa ijodiy uyi
səhifə 1/44 tarix 25.01.2023 ölçüsü 1,48 Mb. #80569
O‘zbekiston yuksak o‘simliklarining zamonaviy tizimi bo‘lim, ajd
О‘. P. PRATOV, M. M. NABIYEV
O‘ZBEKISTON YUKSAK
O‘SIMLIKLARINING
ZAMONAVIY
TIZIMI
Bo‘lim, ajdod, qabila, oila,
turkumlarning o‘zbekcha, ilmiy
va ruscha nomlari
I kitob
„O‘QITUVCHI” NASHRIYOT- M ATBAA IJODIY UYI
TOSHKENT - 2007
ББК 28.592(5У)
Ushbu qo‘llanma eng so‘nggi, xalqaro qabul qilingan yangi taksonomik birlik va tizimlar asosida O‘zbekistonning boy (4500 ga yaqin tur) о’simliklariga moslab yozildi. Unda respublikamiz florasiga oid barcha yirik taksonomik birliklar (ajdod (sinf, ajdod (sinf)cha, qabila, oila, turkum) va bo‘limlarning o‘zbekcha, ilmiy (lotincha), ruscha nomlari va taksonlarning qo‘shimcha (affiks)lari ilk bor to‘liq keltirildi.
Taqrizchilar: b.f.d., prof. O. A. ASHURMETOV,
b.f.d. A.S. YULDASHEV
ISBN 978-9943-02-085-6 © ,,O‘qituvchi” NMIU, 2007
KIRISH
O‘zbekiston o‘simliklarga nihoyatda boy respublika.
O‘ZRFA “Botanika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi olimla-rining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 4500 ga yaqin yuksak o‘simlik turlari o‘sadi. Bular orasida xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida ishlatib kelinayotgan va O‘zbekiston Respublikasi „Qizil kitobi" ga kiritilgan turlar bor.
Ta’kidlash joizki, maktab o‘quvchilari, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun botanika fanidan yoziladigan darslik, o‘quv qo‘llanma hamda ilmiy ishlarning mazmuni ko‘p jihatdan mahalliy materiallar (o‘simliklar)ga, ularni qay darajada ilmiy asosda o‘rganilganligiga bog‘liq.
O‘zbekiston o‘simliklari to‘g‘risida yozilgan 6 jildli „Флора Узбекистана” nomli monografiya 1941—1962- yillarda nashr etilgan. Oxirgi tomning kitobxonlarga havola etilganiga 40 yildan ortiq vaqt o‘tdi. Mana shu davr mobaynida botanika fanida, ayniqsa uning flora va sistematikaga oid yo‘nalishlarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan, juda ko‘p yangi turlar, turkumlar va oilalar kashf etildi. Botanika nomcnklaturasi qoidalari zamirida aksariyat taksonomik birliklarga turli darajada o‘zgartirishlar kiritildi va sistematikaga oid qator yangi tizimlar ishlab chiqildi. Masalan, loladoshlar oilasi dunyo miqyosida 10 ta, qirqquloqdoshlar 5 ta, toshyorardoshlar 4 ta, tuyatovondoshlar 4 ta mustaqil oilaga ajratildi va ularga o‘zbekcha nomlar berildi.
Izlanishlar natijasida O‘zbekistonda 4 bo‘lim, 8 ajdod, 18 ajdod-cha, 111 qabila va 172 oilaga mansub 1003 turkum mavjudligi aniqlandi. Ajratilgan oilalar bilan bir qatorda, qo‘shilgan oilalar ham bor.
Botanika nomcnklaturasi qoidalariga amal qilingan holda ayrim oilalarning nomlarini turkumlarga asoslanib yozish tavsiya etildi. Unga ko‘ra Krestguldoshlar oilasini — Karamdoshlar, Dukkak-doshlarni — Burchoqdoshlar, Labguldoshlarni — Yalpizdoshlar, Soyabondoshlarni — Ziradoshlar, Murakkabguldoshlarni —Qoqio‘tdoshlar va Boshoqdoshlarni — Bug‘doydoshlar deb atash tavsiya etildi.
Uzoq yillar davomida ishlatib kelingan eng yirik birliklardan tip
— bo‘limga, sinf — ajdodga, tartib — qabilaga aylantirildi va ularning har biriga boshqa birliklarda takrorlanmaydigan qo‘shimchalar (affikslar) berildi (1-jadval).
Darsliklarda va ilmiy asarlarda oraliq birliklarni yasash uchun ishlatib kelinayotgan „kenja" so‘zi o‘rniga — „cha" qo‘shimchasi yoki „kichik" so‘zini ishlatish o‘rinli deb topildi. „Kenja" so‘zi oilada oxirgi farzand uchun ishlatiladi. Agar bitta qabila yoki turkum 4 ga bo‘linsa, u holda barchasini kenja qabila yoki turkum deb ishlatib bo‘lmaydi, albatta.
Ayniqsa, darsliklardagi birliklarning qo‘shimchalarini ko‘ngilda-gidek deyish qiyin. Buni sinf (ajdod), sinfcha (ajdodcha), qabila va oilalarga berilgan qo‘shimchalardayaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, bo‘limga — simonlar, lilar, lar; sinf (ajdod)ga — simon, lilar, simonlar, namolar; qabilaga — namo, dor, lar, lilar, gullilar, kabilar; oilaga — dosh, guldosh, lar, gullar singari qo‘shimchalar qo‘shib yozib kelindi. Qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, bitta qo‘shimcha turlicha kattalikdagi birliklar uchun qo‘llanilgan.
Qo‘shimchalardagi chalkashliklarni tugatish maqsadida bo‘limga
— toifa, bo‘limchaga singari; ajdod (sinf) ga — simon, lilar ; ajdodchaga — kabi; qabilaga — namo, dor; oilaga — dosh, guldosh affikslarini qo‘shib yozishni tavsiya etamiz.
Darsliklarda ko‘p ishlatiladigan birlik — oilalarning ilmiy va o‘zbekcha nomlarini yozishda juda ko‘p chalkashliklarga yo‘l qo‘yildi. Mana shulardan ayrimlari: Torondoshlar oilasi — Otquloqlar yoki Grechixalar, Yalpizdoshlar oilasi — Yasnotka yoki Labguldoshlar, Loladoshlar oilasi — Liliyadoshlar, Ra’nodoshlar oilasi —Roza-doshlar, Atirguldoshlar, deb yozib kelindi.
Bo‘limdan turkumgacha bo‘lgan sistematik birliklarni aniq tasavvur etish maqsadida „Botanika nomenklaturasining xalqaro kodeksi" (rus tilida) hamda juda ko‘p ilmiy asarlar, darsliklar va lug‘atlar o‘rganilib, qiyoslandi va tahlil qilindi.
1-jadval
Dostları ilə paylaş: